Главная » Yangiliklar » Samarqandda “ko`k kit” o`yini yuzasidan tushuntirish ishlari o`tkazilmoqda
Samarqandda “ko`k kit” o`yini yuzasidan tushuntirish ishlari o`tkazilmoqda

Samarqandda “ko`k kit” o`yini yuzasidan tushuntirish ishlari o`tkazilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Samarqandda “ko`k kit” o`yini yuzasidan tushuntirish ishlari o`tkazilmoqda
  • Дата релиза: 02-04-17, 13:07
Samarqandda “ko`k kit” o`yini yuzasidan tushuntirish ishlari o`tkazilmoqda
Samarqand transport prokuraturasi tomonidan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va o`z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish» yuzasidan targ`ibot tadbirlari o`tkazilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish maqsadida temir yo`l atrofida joylashgan ta`lim muassasalarida, mahallalalarda xavfsizlikni ta`minlashga qaratilgan profilaktik uchrashuvlar va davra suhbatlari o`tkazilmoqda.

Temir yo`l atrofida joylashgan ta`lim muassasalari, xususan Samarqand temir yo`l transporti kasb-hunar kollejida o`quvchilarining kunlik davomatlari olinmoqda. RF, Qozog`iston, Qirg`iziston va boshqa davlatlarda internet orqali kirib kelayotgan «Siniy kit», «Tixiy dom», «Razbudi menya v 4.20», «f57» nomli o`yinlarning yakunida asosiy o`yin ishtirokchilari hisoblangan voyaga etmaganlarning o`z joniga qasd qilish holatlari ko`payib ketayotgani sababli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Temir yo`l atrofida ekstremal harakatlar sodir etish bilan boshlanishi mumkinligi e`tiborga olgan holda, bu kabi o`yinlarning salbiy oqibatlari, milliy mentalitetimizga to`g`ri kelmasligi, insoniyat taraqqiyotiga g`ov ekanligi bo`yicha tushuntirishlar berildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: