Главная » Yangiliklar » Samsung 2014-yilning uchinchi choragida Galaxy S5 chiqarishni 25 foizga kamaytiradi
Samsung 2014-yilning uchinchi choragida Galaxy S5 chiqarishni 25 foizga kamaytiradi

Samsung 2014-yilning uchinchi choragida Galaxy S5 chiqarishni 25 foizga kamaytiradi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Samsung 2014-yilning uchinchi choragida Galaxy S5 chiqarishni 25 foizga kamaytiradi
  • Дата релиза: 10-06-14, 09:24
Samsung 2014-yilning uchinchi choragida Galaxy S5 chiqarishni 25 foizga kamaytiradi
Tayvandagi manbalar xabar berishicha, joriy yilning uchinchi choragida Samsung o‘zining Galaxy S5 flagman smartfonlari uchun tarkibiy qismlar buyurtmasini keskin qisqartiradi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.

Samsung ikkinchi chorakda 21 millionta Galaxy S5 chiqarmoqchi bo‘lsa, uchinchi chorakda ushbu ko‘rsatkich 15 mingtagacha kamayadi. Bundan tashqari, Galaxy S4 ham uchinchi chorakda avvalgi chorakka nisbatan bir millionta kam miqdorda chiqariladi.

Tahlilchilarning ishonch bildirishicha, Samsung iyul oyida foydalanuvchilar 4,7 dyuymli ekranga ega iPhone 6 chiqishini kutishini taxmin qilib, savdo hajmi tushishini prognoz qilmoqda.

Bundan tashqari, yaqin orada Samsung o‘zining premium-flagmani (Galaxy S5 Prime/Galaxy Alpha/Galaxy F)ni taqdim etadi. Kompaniyadagilar Galaxy S5 xaridorlarining bir qismi yangi smartfonga qiziqish bildirishi mumkinligini ham hisobga olmoqda.
Логин:
Пароль: