Главная » Yangiliklar » Samsung Galaxy S9: taqdimot sanasi va boshqa tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
Samsung Galaxy S9: taqdimot sanasi va boshqa tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy S9: taqdimot sanasi va boshqa tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Samsung Galaxy S9: taqdimot sanasi va boshqa tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
  • Дата релиза: 26-11-17, 21:14
Samsung Galaxy S9: taqdimot sanasi va boshqa tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
Samsung o‘zining yangi Galaxy S9 va S9 Plus flagmanlarini yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan CES ko‘rgazmasida taqdim etish niyatida. Bu haqda kompaniyadagi manbasiga tayanib, Hi-Tech Mail.Ru xabar berdi.

Galaxy S9 va S9 Plus flagmanlari ekranining o‘lchami o‘zidan oldingi ajdodiniki kabi bo‘ladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, ancha yirikroq modeldan ikkita asosiy kamera va kattaroq tezkor xotira o‘rin oladi. “Oddiy” S9’ga 4 gigabayt, S9 Plus’ga esa 6 gigabayt tezkor xotira o‘rnatiladi. Samsung shu orqali Apple kompaniyasi o‘zining so‘nggi smartfonlarida ishlatgan usulga taqlid qilmoqda.

Asosiy kamera va barmoq izi skaneri datchigi bu safar vertikal joylashtirildi — kompaniya foydalanuvchilarning Galaxy S8 komponovkasiga bog‘liq shikoyatlarini e’tiborga olgan. Shuningdek, birinchi bor S9’da AKG stereodinamikasi paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari yangi qurilmaga 10 nanometrli chipsetlar o‘rnatilishi mumkin: Qualcomm Snapdragon 845 yoki Exynos. Smartfonlarning ichki xotirasi 64 gigabaytga ega.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: