Главная » Yangiliklar » Samsung Galaxy S9 va S9+ ni ishlab chiqishni boshlashdi
Samsung Galaxy S9 va S9+ ni ishlab chiqishni boshlashdi

Samsung Galaxy S9 va S9+ ni ishlab chiqishni boshlashdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Samsung Galaxy S9 va S9+ ni ishlab chiqishni boshlashdi
  • Дата релиза: 25-05-17, 10:37
Samsung Galaxy S9 va S9+ ni ishlab chiqishni boshlashdi
Samsung kompaniyasi Galaxy S9 va S9+ smartfonlarini Star va Star 2 kodli nomlar ostida to‘liq ko‘lamda ishlab chiqishni boshlab yubordi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru” Koreyaning The Bell nashriga tayanib.

Hozircha bo‘lg‘usi smartfon haqidagi ma’lumotlar ko‘p emas, ammo shunisi ma’lumki, uning ekrani Samsung Galaxy S8’nikiga o‘xshash bo‘ladi. Shu tariqa, qurilmaga mish-mishlarda aytilganidek bukiladigan emas, shunchaki takomillashtirilgan Infinity ekrani o‘rnatilishi mumkin.

Shuningdek, Samsung tarkibiy qismlarni ishlab chiqarishni ancha tezlashtirishga va prototipni ishlab chiqish davrini qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan, bu esa Galaxy S9’ni shu yilning oxiridayoq ishlab chiqarishni boshlash imkonini beradi. Samsung kompaniyasi Galaxy S9’ni odatdagidan ertaroq taqdim etishi mumkin.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: