Главная » Yangiliklar » Samsung o‘z “aqlli” soatlarida Android’dan voz kechdi
Samsung o‘z “aqlli” soatlarida Android’dan voz kechdi

Samsung o‘z “aqlli” soatlarida Android’dan voz kechdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Samsung o‘z “aqlli” soatlarida Android’dan voz kechdi
  • Дата релиза: 01-06-14, 22:44
Samsung o‘z “aqlli” soatlarida Android’dan voz kechdi
Samsung o‘zining Galaxy Gear “aqlli” soatidagi Android operatsion tizimini Tizen’ga almashtirishni boshladi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.
Yangilash ko‘rinishida yuklab olinadigan operatsion tizim 2.2 versiyasiga ega. Soatda OT to‘liq o‘zgartirilsa-da, interfeys o‘z holicha qoladi. “Apdeyt”ning bitta yomon tomoni shundaki, qurilmadagi ma’lumotlarning barchasi o‘chib ketadi.

Yangilashdan so‘ng, Galaxy Gear foydalanuvchilari avtonom ishlash samaradorligi va vaqti yaxshilanganini, alohida audiopleyer hamda kamera uchun ovoz buyruqlari paydo bo‘lganini sezishadi.

Biroq Tizen o‘rnatilgach, “aqlli” soatda WatchOn (texnikani masofadan turib boshqarish) va yurak ritmi datchigi bilan bog‘liq funksiyalar ishlamaydi.
Логин:
Пароль: