Главная » Yangiliklar » Samsung Tizen operatsion tizimidagi ilk smartfonini 3-iyun kuni taqdim etadi
Samsung Tizen operatsion tizimidagi ilk smartfonini 3-iyun kuni taqdim etadi

Samsung Tizen operatsion tizimidagi ilk smartfonini 3-iyun kuni taqdim etadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Samsung Tizen operatsion tizimidagi ilk smartfonini 3-iyun kuni taqdim etadi
  • Дата релиза: 05-06-14, 15:24
Samsung Tizen operatsion tizimidagi ilk smartfonini 3-iyun kuni taqdim etadi
Samsung kompaniyasi Tizen operatsion tizimida ishlovchi o‘zining yangi smartfoni — Samsung Z’ni 3-iyun kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Tizen Developer Conference anjumanida taqdim etadi. Bu haqda Interfax xabar berdi.

Yangi smartfon 4,8 dyuymli Super AMOLED ekran, 8 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlanadi. Unda barmoq izi skaneri ham bor. Samsung Z ikki xil — qora va tilla ranglarda chiqariladi.

Kompaniyadagilar ta’kidlashicha, Tizen’dan foydalanish natijasida ishlash tezligi oshadi, bir vaqtning o‘zida ko‘p funksiyalardan foydalanish mumkin bo‘ladi, veb-sahifalarni ko‘rish ham tezlashadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Samsung o‘zining Galaxy Gear “aqlli” soatidagi Android operatsion tizimini Tizen’ga almashtirishni boshladi.

Yangilash ko‘rinishida yuklab olinadigan operatsion tizim 2.2 versiyasiga ega. Soatda OT to‘liq o‘zgartirilsa-da, interfeys o‘z holicha qoladi. “Apdeyt”ning bitta yomon tomoni shundaki, qurilmadagi ma’lumotlarning barchasi o‘chib ketadi.
Логин:
Пароль: