Главная » Yangiliklar » ​“Saodat”ning ikkinchi fasli qachon efirga beriladi?
​“Saodat”ning ikkinchi fasli qachon efirga beriladi?

​“Saodat”ning ikkinchi fasli qachon efirga beriladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​“Saodat”ning ikkinchi fasli qachon efirga beriladi?
  • Дата релиза: 11-05-17, 22:16
​“Saodat”ning ikkinchi fasli qachon efirga beriladi?
“Toshkent” telekanalida namoyish etilib, teletomoshabinlarning e`tirofiga sazovor bshlgan “Saodat” serialining birinchi fasli tugashi kinoixlosmandlarda “Ikkinchi fasli qachon beriladi?” degan haqli savolga sabab bo`ldi. Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida rejissyor Muzaffar Erkinov bilan bog`landik...

— Serialning birinchi va ikkinchi fasli orasidagi uzilish, tomoshabin qiziqishini oshirish uchun qilingan strategiyami?

— Asli 20 qismli serialni suratga olishga 14 oy vaqt beriladi. Biz suratga olish va montaj ishlarini barobar olib borganimiz uchun 10 oyda yakunladik. Aktyorlar, pavilonda qurilgan «uy»larimiz tayyor bo`lgani bois ish tezligi yanada oshadi. Tomoshabinni kuttirmaslik maqsadida ikkinchi faslning suratga olish ishlarini etti oyda tamomlashni reja qilganmiz.

— Birinchi fasl «Sog`lom ona va bola yili» davlat dasturi doirasida suratga olingandi. Ikkinchi faslda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» davlat dasturi ham o`rin olgan bo`lsa kerak?

— Albatta, bu ham ko`zda tutilgan. Lekin «Sog`lom ona va bola yili» davlat dasturi bilan bog`liq voqealarni kamaytirganmiz. Boisi giyoxvandlik, odam savdosi, kollejdagi muammolarga urg`u berilgan. Birinchi fasldagi bilan bog`liq yangi jinoyatlar ochiladi. Voqealar keskin burilish yasaydi, Ulug`bek Qodirov va Yigitali Mamajonovning qahramoni Zarina Nizomiddinova – Saodat uchun kurasha boshlaydi.

— Yangi qahramonlar ham qo`shilgandir?

— Kinosinov asosida 47 ta aktyor tanlab, serialga qo`shganmiz. Ulardan ikkitasi bosh qahramon rolini ijro etadi. Mazkur rolga aktrisalar Shahlo Temirova va Yulduz Rajabovani taklif qilganmiz.

O`ziga xos dalillar:

Ikkinchi fasl ssenariysi 3 oy yozildi. Ssenariy muallifi Muqaddas Usmonova.
Suratga olish ishlari aprelning oxirida boshlanadi va 3 oy davom etadi.
Serialning ikkinchi fasli 20 qismdan iborat, agar oshib ketsa teletomoshabinlarga sovg`a bo`ladi.
Bosh qahramonlar 33 ta.
Dublyajda qahramonlarga 210 ta aktyor ovoz beradi.
Har bir qism 40 daqiqadan efirga uzatiladi.
10 foiz dekorasiya, 90 foiz ko`chada suratga olinadi. Umumiy ob`ektlar soni 60 ga yaqin.
Jami ijodiy guruh a`zolari soni: 33 ta.
Serialning davomi oktyabrda efirga beriladi.
Sadoqat Allaberganova tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: