Главная » Yangiliklar » SARDOR RAHIMXON VA`DASINING USTIDAN ChIQDI!
SARDOR RAHIMXON VA`DASINING USTIDAN ChIQDI!

SARDOR RAHIMXON VA`DASINING USTIDAN ChIQDI!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: SARDOR RAHIMXON VA`DASINING USTIDAN ChIQDI!
  • Дата релиза: 10-09-17, 18:46
SARDOR RAHIMXON VA`DASINING USTIDAN ChIQDI!
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon "Faridam estofeta"sida g`olibi bilan duet kuylashini aytgandi. Xonanda nihoyat va`dasining ustidan chiqdi. Duet "Narxi qancha mehrni, ayting?" deb nomlanadi. Xonanda yosh iste`dodlarni qo`llab-quvvatlash an`anasini davom ettirayotgani kishini quvontirmay qo`ymaydi.

"Kundan kunga shu mavzudagi qo`shiqni kuylab to`g`ri ish qilganimga amin bo`lyapman. Oddiygina mehr-oqibatni arzimagan pul, mansab, shon-shuhrat kabi o`tkinchi narsalarga osongina almashtirib yuborganlarni ko`rib, fikrim yana o`z isbotini topdi. Bunday holatlarga sira befarq qarab turolmayman. Chunki bizni bog`lab turadigan uy-joy, kiyim-kechak, yangi rusumdagi avtomashina, pul, mansab emas, balki mehr-oqibatimiz, his-tuyg`ularimiz. Aslida hayotimiz mazmuni qaysidir ma`noda kerak vaqtda bir-birimizga yordam qo`lini cho`za olishimiz emasmi?" deydi Sardor Rahimxon.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: