Главная » Yangiliklar » Saudiya Arabistonida ikki ayol WhatsApp’da yozishgani uchun jazolanadi
Saudiya Arabistonida ikki ayol WhatsApp’da yozishgani uchun jazolanadi

Saudiya Arabistonida ikki ayol WhatsApp’da yozishgani uchun jazolanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Saudiya Arabistonida ikki ayol WhatsApp’da yozishgani uchun jazolanadi
  • Дата релиза: 24-07-14, 00:16
Saudiya Arabistonida ikki ayol WhatsApp’da yozishgani uchun jazolanadi
Saudiya Arabistonidagi Jidda shahri sudi ikki ayolni o‘n kunlik qamoq va 20 darra urishga mahkum etdi. Bu haqda Al Arabiya xabariga tayanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Ayollardan biri o‘zining qarindoshi bo‘lmish ikkinchi ayolni WhatsApp internet-messenjeri orqali haqoratomuz xabarlar jo‘natishda aybladi.

Sudya ayollarni yarashtirib qo‘ya olmadi, ayni paytda muqaddas Ramazon oyi borayotgani haqidagi eslatmalar ham ularga kor qilmadi.

Sud ayollarni 10 sutkaga qamash va 20 darra savalash haqida hukm chiqardi. Ular hukmga rozi bo‘lmadi va apellyatsiya berish niyatini bildirdi.
Логин:
Пароль: