Главная » Yangiliklar » ​Saudiya Arabistonida qirolni haddan ortiq maqtagan jurnalist ishdan bo`shatildi
​Saudiya Arabistonida qirolni haddan ortiq maqtagan jurnalist ishdan bo`shatildi

​Saudiya Arabistonida qirolni haddan ortiq maqtagan jurnalist ishdan bo`shatildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Saudiya Arabistonida qirolni haddan ortiq maqtagan jurnalist ishdan bo`shatildi
  • Дата релиза: 04-07-17, 14:32
​Saudiya Arabistonida qirolni haddan ortiq maqtagan jurnalist ishdan bo`shatildi
30 iyun kuni Qatar mediaxoldingiga aloqasi bo`lmagan "Al-Jazira" gazetasida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz Ol Saud nomiga maqtovlar bitilgan maqola chop etilgan, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Tez orada tahririyat jurnalistni vaqtinchalik ishdan bo`shatib, maqola uchun uzr so`rashiga to`g`ri keldi.

Jurnalist o`z maqolasida Salmonni deyarli Allohga tenglashtirgan, qirolni Allohning sifatlari va unga xos bo`lgan xususiyatlar bilan ulug`lab, maqtagan. Bundan tashqari maqola muallifi qirolni Allohning 99 ismidan biri bilan atagan. Mahalliy OAVlar bergan ma`lumotga ko`ra, qirol "haddan ziyod hamdu sano"dan jahli chiqib, axborot vaziriga maktub yo`llagan. Unda Salmon maqolaning sarlavhasi va undagi ba`zi so`z ifodalaridan g`azablanganligini bildirgan.

Qirol zudlik bilan jurnalist faoliyatini to`xtatishni va gazetaga qarshi choralar ko`rishni talab qildi. Salmonning aynan qanday sanksiyalarni nazarda tutganiga aniqlik kiritilmagan.

2 iyul kuni "Al-Jazira" uzr so`ralgan rasmiy maktubni chop etdi. Tahririyat qirol Salmonga nisbatan Allohining fazilatlarini qo`llab bo`lmasligini tan oldi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: