Главная » Yangiliklar » Sergelida 2016-2017 yillar rejasiga asosan 102 zamonaviy ko`p qavatli uy-joy qurilmoqda
Sergelida 2016-2017 yillar rejasiga asosan 102 zamonaviy ko`p qavatli uy-joy qurilmoqda

Sergelida 2016-2017 yillar rejasiga asosan 102 zamonaviy ko`p qavatli uy-joy qurilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Sergelida 2016-2017 yillar rejasiga asosan 102 zamonaviy ko`p qavatli uy-joy qurilmoqda
  • Дата релиза: 07-02-17, 18:36
Sergelida 2016-2017 yillar rejasiga asosan 102 zamonaviy ko`p qavatli uy-joy qurilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoev Sergeli tumanida bunyod etilayotgan zamonaviy ko`p qavatli uy-joylar bilan tanishdi.

Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning fidokorona mehnati tufayli mamlakatimiz har tomonlama rivojlanmoqda. Barcha shaharu qishloqlarimizda keng ko`lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, aholining hayot sifati yildan-yilga yuksalib bormoqda.

Mustaqilligimiz me`mori Islom Karimov tashabbusi bilan aksariyat shaharlarimiz bosh reja asosida qayta qurildi. Toshkent, Nukus, Urganch, Buxoro, Andijon, Farg`ona, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz va boshqa shaharlarning bugungi jamoli buning yaqqol tasdig`idir.

Sergeli tumanida 2016-2017 yillar rejasiga asosan 4284 xonadondan iborat 102 zamonaviy ko`p qavatli uy-joy qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur yirik loyiha oilalarning turar joyga bo`lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. E`tiborlisi, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi arafasida ushbu uy-joyning 66 tasini foydalanishga topshirish ko`zda tutilgan. Shuningdek, ta`lim muassasalari, kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlari, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish shahobchalari ham barpo etiladi.

Asosiy maqsadimiz odamlarga qulaylik yaratish, ularning turmush farovonligini yuksaltirish, dedi Prezidentimiz. Mazkur uy-joylar taqsimotida adolat mezoniga qat`iy rioya etilishi kerak. Shunda xalqimizning kayfiyati yaxshi, hayotdan rozi bo`ladi. Ertangi kunga ishonchi ortadi. Aholining ehtiyoji, talabidan kelib chiqib bunday uylarni Toshkent shahrining 10 tumanida 10 tadan qurishni rejalashtirmoqdamiz.

Prezidentimiz mutasaddi rahbarlar va mutaxassislarga mazkur inshootlarni bugungi kun talablariga to`la javob beradigan puxta loyihalar asosida qurish, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta`minlash bo`yicha zarur tavsiyalar berdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: