Главная » Yangiliklar » ​Sergelida ona mastlik oqibatida o`g`lining qotiliga aylandi
​Sergelida ona mastlik oqibatida o`g`lining qotiliga aylandi

​Sergelida ona mastlik oqibatida o`g`lining qotiliga aylandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Sergelida ona mastlik oqibatida o`g`lining qotiliga aylandi
  • Дата релиза: 30-03-17, 20:35
​Sergelida ona mastlik oqibatida o`g`lining qotiliga aylandi
26 mart, yakshanba kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi rus millatiga mansub 53 yoshli ayol spirtli ichimlik ichishi oqibatida 35 yoshli o`g`lini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo`lib o`tgan brifing chog`ida ma`lum qilindi.

O`sha kuni ayol tug`ilgan kunini nishonlayotgan edi. O`g`li onasini tabriklash uchun kelganida ona shirakayf edi. Ular birgalikda yana spirtli ichimlik ichishdi. Shunda ona va bola o`rtasida janjal kelib chiqdi. Oxir-oqibat o`zini himoya qilishga uringan ona o`g`liga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan. Buning oqibatida 35 yoshli erkak vafot etgan.

Ona IIB xodimlariga bergan ko`rsatmasida hech narsa esida yo`qligini, afsusda ekanligini ma`lum qilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: