Главная » Yangiliklar » ​Sergelida talonchilik yo`li bilan “Kobalt”dan 22 mln. so`m o`margan jinoyatchilar qo`lga olindi
​Sergelida talonchilik yo`li bilan “Kobalt”dan 22 mln. so`m o`margan jinoyatchilar qo`lga olindi

​Sergelida talonchilik yo`li bilan “Kobalt”dan 22 mln. so`m o`margan jinoyatchilar qo`lga olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Sergelida talonchilik yo`li bilan “Kobalt”dan 22 mln. so`m o`margan jinoyatchilar qo`lga olindi
  • Дата релиза: 27-05-17, 22:09
​Sergelida talonchilik yo`li bilan “Kobalt”dan 22 mln. so`m o`margan jinoyatchilar qo`lga olindi
2017 yilning 27 aprel kuni, noma`lum shaxslar, Sergeli tumani hududida joylashgan “Qum-Ariq Metan” yoqilg`i quyish shahobchasi oldida, fuqaro “D”ga tegishli “Kobalt” rusumli avtomashinasi salonidan 22.000.000 so`m naqd pullarni talonchilik yo`li bilan egallab, davlat raqami belgisi bo`lmagan “Neksiya-2” rusumli avtomashinasida hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan JKning 166-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar jarayonida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlanganlar Akmal Rasulov, Dilmurod Ziyaev va Bexzodbek Nizamitdinovlar sodir etganliklari aniqlanib, qo`lga olindilar.

Mazkur jinoiy guruh a`zolariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: