Главная » Yangiliklar » SEVARA SOLIEVA QANDAY DO`ST?
SEVARA SOLIEVA QANDAY DO`ST?

SEVARA SOLIEVA QANDAY DO`ST?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: SEVARA SOLIEVA QANDAY DO`ST?
  • Дата релиза: 16-10-17, 12:32
SEVARA SOLIEVA QANDAY DO`ST?
“Psixologik portret” loyihasining mehmoni Sevara Solieva. Psixolog Go`zal Ro`zmatova bilan suhbat davomida aktrisaning fe`l-atvorini yaxshiroq bilib olishga harakat qilamiz.

Go`zal Ro`zmatova: — Sevara Solieva bilan do`stlik mavzusida gaplashamiz.

1. Sevara, siz juda yoqimtoy qizsiz. Aytingchi, eng yaqin dugonangiz haqida ham xuddi shunday ta`rif bera olasizmi?

A. U menga aytilgan ta`riflardan ko`ra ko`prog`iga loyiq.

B. U hech qachon mendek bo`lolmaydi.

S. Aytilgan ta`riflarning barchasi, dugonamga ham xos.

2. Hayotiy tashvishlardan bezib, charchaganingizda ko`ngilingizni bo`shatish uchun dugonangizga qo`ng`iroq qilsangiz, u buni qanday qabul qiladi?

A. U meni tinchlantirishga harakat qilib, qiyinchiliklar o`tib ketishini aytadi.

B. Biroz hordiq chiqarish uchun biror erga taklif qiladi.

S. O`zining muammolarini gapiradi.

3. Dugonangiz, qanchalik sizni qo`llab-quvvatlaydi?

A. Juda kam holatlarda.

B. Bu masalaga ahamiyat bermagan ekanman.

S. U meni doim qo`llab-quvvatlagan.

4. Unga har qanday vaziyatda ishonasizmi?

A. Faqat ba`zi hollarda.

B. Men faqat o`zimga ishonaman.

S. Unga o`zimga ishongandek ishonaman.

5. U uchun qay darajada muhim insonman deb o`ylaysiz?

A. Bilmayman.

B. Menimcha, uning hayotida mening o`z o`rnim bor.

S. Albatta, muhim insonman. Axir, dugonasiman-ku!

6. Arazlashib qolganingizda kim birinchi qadam tashlaydi?

A. Ko`p hollarda men gap boshlayman.

B. Dugonam gapirishini kutib turaman.

S. Hech narsa bo`lmagandek bir vaqtda gaplashib ketamiz.

7. Dugonangiz, do`stlik rishtalaringiz qay darajada mustahkamligini tekshirish maqsadida testdan o`tganingizni bilib qolsa...

A. Testning javobi bilan qiziqadi.

B. Bu shunchaki oddiy test ekanligini ta`kidlaydi.

S. O`zi ham qiziqib qolib, o`zini ham sinab ko`rishni istaydi.

Sevara Solieva: — 1. S; 2. A; 3. S; 4.A; 5. A; 6. S; 7. B;

Psixolog xulosasi:

Go`zal Ro`zmatova: — Dugonangiz bilan munosabatingizni omadli, deb atasa bo`ladi. Doim “bir yoqadan bosh chiqarib”, muammoli vaziyatlarni hal qila olasiz. Bundan tashqari, do`stlar o`rtasidagi mexr-oqibat borasida ham sizlarga ko`plar havas qilishi mumkin. Lekin shunday bo`lsa ham sizda unga nisbatan biroz ishonchsizlik bor. Hamma siringizni ishonmaysiz. Bu esa o`zingiz bilan bog`liq muammo. Ya`ni qachonlardir atrofingizdagilarishonchingizni suiste`mol qilishganidan, hammani ana shu “qarich”da o`lchaysiz. Lekin yodingizda tuting, hamma bir xil emas. Sizga ishonch bildirganlarga siz ham samimiy munosabatda bo`lishingizni maslahat beraman.

“OLMA”LI TEST

Go`zal Ro`zmatova: — Sevara, endi mana bu suratlardagi olmalardan birini tanlang. Zamonaviy psixologik usulda siz bilan yana-da yaqinroq tanishamiz.Ushbu testdan muxlislar ham foydalanib, qanday do`st ekanliklarini bilib olishlari mumkin.

Sevara Soliev: — Uchinchi raqamdagi olma.

TEST JAVOBLARI

1. Samimiy va o`ylaganlarini to`g`ridan-to`g`ri aytadigan insonsiz. Bu shirin yolg`ondan ko`ra, achchiq haqiqatni afzal ko`rishingizdan dalolat. Kasbingizdagi yutuq yoki biror bir muammolarga duch kelganingizda o`zingizni yo`qotib qo`ymasligingizga esa havas qilsa arziydi.

2. Kuch-quvvatga boy xushchaqchaq insonsiz! Deyarli har bir kuningiz qiziqarli sarguzashtlarga boy tarzda o`tadi. Har bir daqiqadan zavqlanib yashashni sizdan o`rganish kerak.

3. Yaxshi suhbatdoshsiz, davralarning to`ri hamisha sizniki. Siz bilan do`stlaringiz zerikish nimaligini bilishmaydi. Shuning uchun ham do`stlaringiz yoningizga shoshishadi, desak xato bo`lmaydi. O`zingizdagi ushbu fazilatni yo`qotmang. Optimizm — ba`zi hayotiy muammolarni engishga yaxshi yordam beradi.

4. Do`stlaringiz har qanday vaziyatda sizga suyanishadi. Vaziyatdan to`g`ri xulosa chiqara olishingiz va kerakligi maslahatlaringiz bilan ular ishonchini qozongansiz. Odamlarni eshita olganingiz uchun ham ular ko`p murojaat etishadi.Kam gapirib, ko`p o`ylaydigan odamlar toifasidanligingizni alohida ta`kidlab o`tish kerak.

Aliya SULAYMANOVA
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: