Главная » Yangiliklar » SEYDULLA MOLDAXANOV: "BIR NEChA MARTA UYLANGAN ERKAKLARNI TUShUNMAYMAN..."
SEYDULLA MOLDAXANOV:

SEYDULLA MOLDAXANOV: "BIR NEChA MARTA UYLANGAN ERKAKLARNI TUShUNMAYMAN..."

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: SEYDULLA MOLDAXANOV: "BIR NEChA MARTA UYLANGAN ERKAKLARNI TUShUNMAYMAN..."
  • Дата релиза: 14-07-17, 19:50
SEYDULLA MOLDAXANOV: "BIR NEChA MARTA UYLANGAN ERKAKLARNI TUShUNMAYMAN..."
Talabchan, dangalchi, qattiqqo`l, ba`zida esa halimligi ham bor, dunyoqarashi keng, quvnoq va kirishimli inson, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Seydulla MOLDAXANOV bilan u faoliyat yuritib kelayotgan «Ilhom» teatrida uchrashdik. Serqirra aktyorning iqrorlari sizni befarq qoldirmaydi.

—Seydulla Abdullaevich, ko`pchilik qatorida meni ham bir savol qiziqtiradi, aktyorlik orzusi qachon paydo bo`lgan?

—10 yoshlarda edim. Otam uyga o`sha paytlari urf bo`lgan oq-qora tasvirli televizor olib keldilar-u, men o`zimni kinoaktyor sifatida ko`ra boshladim. Yaqinlarim «Katta bo`lsang, kim bo`lasan?» deyishsa, hech ikkilanmay «Aktyor!», derdim. Orzumdan xabar topgan toјam «Moskvadagi kinomotografiya universiteti (VGIK)da aktyorlikka o`qitishadi» degach, u erga o`qishga kirishni o`ylay boshladim. Niyatimga etdim ham.

—Ota-onangiz tanlagan kasbingizga qanday munosabat bildirishdi?

—Oilamizda san`atga aloqador inson yo`qligi uchunmi, bilmadim, mendan aktyor chiqishiga ishonishmagan avvaliga. Lekin bu o`qishga kirishimga to`sqinlik qilish emasdi. Maktabni tamomlab, Moskvaga yo`l oldim, xayolan meni kutishayapti, hozir boraman-u, shundoq o`qishga kirib ketaman, deb o`ylaganman-da. Ammo imtihondan yiqildim. Uyga qaytganimda onamning «Shashtingdan qaytdingmi?» degani yodimda. «Ha, ona, bo`ldi» dedim-u, ammo yuragimdagi cho`ј so`nmagandi. Oradan ko`p yillar o`tib, onam ko`nglini ochdi: «Seni Moskvaga yuborish uchun etarlicha mablaјimiz bo`lmagan, ammo hamisha senga ishonganmiz va imkon qadar qo`llab-quvvatlashga harakat qildik». Ota-onam aktyor bo`lib etishishim uchun barcha sharoitni yaratib berishdi. Biroq mendan so`rashsa, aktyorlikni tavsiya qilmayman. Talabalarimga ba`zan achinaman ham.

—Sabab?

—Aktyorlik mashaqqatli kasb. Buning ustiga, hamma ham yaxshi aktyor bo`lolmaydi, bu faqat ayrimlargagina nasib qiladi, xolos.

—«Mendan aktyor chiqmas ekan», deganlar...

—...boshqa kasbning boshini tutishadi va aksar hollarda bu birinchi semestrdan so`ng sodir bo`ladi. Ayni shu davrda kasb mashaqqati bilan oz-moz bo`lsa-da tanishadi-da. Psixologik to`siqlar, qo`rquv, hayajon — uddalash qiyin gohi. Lekin san`atga havasmand kishi borki, aktyor bo`ladimi yo`qmi, iqtidorini sinovdan o`tkazib ko`rmoјi darkor, hech bo`lmasa o`zi uchun.

—Talabalaringiz bilan suhbatlashish asnosida qay birida aktyorlik mahorati bor, qaysinisi uddalay olmaydi, taxmin qilolasizmi?

—Bir ko`rishda emas, albatta. O`quv yili avvalidan saboq berib boraman va yil yakuniga kelib, ayrim xulosalarim paydo bo`ladi. Ba`zan «Shu yigit yo qizdan zo`r aktyor chiqadi», deysiz-u, ammo uning o`zi negadir boshqa kasbni tanlaydi. Har birimiz qaysidir davrda qaror qabul qilamiz, yo san`at sohasida qolamiz, yoki undan ketiladi. Ijodkorlar orasida shunday gap bor, «Haqiqiy aktyor bir kun ham teatrsiz yasholmaydi». Shu kunlarda Rossiyada s`yomka ishlarim ko`paygan, lekin bo`sh qoldim deguncha «Ilhom»ga kelaman. O`tgan yili o`zim ishtirok etadigan barcha spektakllarga dublyor tayyorladim. Endi xotirjam safarga ketayapman. To`јri, ikki yildan buyon yangi asarlarda qatnasha olmayapman va bu meni xafa qilayapti. Bir tarafdan esa kinoga ko`proq vaqt ajrata olayotganimdan xursandman. Bilasiz, har kimni ham rossiyalik kinoijodkorlar bilan hamkorlik qilishga chaqiraverishmaydi. Va har narsaning intihosi bo`lganidek, buning ham oxiri bor, baribir. Shunday ekan, imkoniyatdan foydalanib qolsam, deyman.

—Teatrga 30 yoshingizda kirib kelgansiz, deb eshitgandim. Bundan chiqdi, san`at yo`li anchayin mashaqqatli kechibdi-da?..

—Televizor orqali spektakl namoyish etilsa ham, bu tasavvurimda kino edi. «Ilhom» teatriga kelganimda esa bir qancha filmlarda suratga tushib ulgurgandim. Ammo mening yoshim, qolaversa, «VGIK» diplomi bilan teatrda ishlashim aql bovar qilmas hodisa edi. Vaholanki, ustozlarim «Teatrda ishlamagan aktyor kinoda o`ynolmaydi», deyishgan. Aktyor bo`lib etishishim, chindanam oson bo`lmadi, avvaliga o`qishga kirolmadim, so`ng bir necha marotaba teatr studiyalari uchun tashkillashtirilgan imtihonlardan yiqildim. Bekor yurmaslik uchun zavodga ishga kirdim va shu erdagi madaniyat saroyi qoshida ochilgan teatr jamoasiga qatnay boshladim. Jamoamiz bilan turli festivallarda ham ishtirok etganmiz. Bu men uchun katta maktab bo`lib xizmat qilgan. Oradan bir yil o`tib, madaniyat institutining tayyorlov kursiga ilindim. U erda ham ikki yil tahsil oldim. «VGIK»dan o`zbek guruhini tuzish uchun mutaxassislar kelishganini eshitib, imtihonda qatnashdim. Birinchi bosqichdan o`tdim, ammo keyingisida meni eshitishmadi va «Rejissyorlikka o`qiyotgan ekansiz, davom ettiravering», deyishdi. Men esa xonada o`tirganlarning barchasiga qo`pollik qilib chiqib ketdim. Shu voqeadan keyin meni keyingi bosqichga o`tkazishdi. Oradan ikki yil o`tib, buning sababini bildim. Hay`at a`zolari orasida Moskvadan kelgan kishi mening holatimni ko`rib, «Ana shunday yigitlardan haqiqiy aktyor chiqadi», degan ekan. Uning bir oјiz so`zi bilan meni «VGIK»ga olishgan, indamaganidami, orzumdagi universitetda o`qish nasib qilmasmidi, ehtimol. Teartga qabul qilishlari ham osonlik bilan hal bo`lmadi. O`n yil davomida shakllanib bo`lgan jamoa bilan til topishish, uning bir qismiga aylanish uchun vaqt kerak edi.

—Nazarimda, siz omadli aktyorsiz. Eng muhimi, aksariyat hamkasblaringiz kabi qolipga tushmagansiz.

—Haqsiz, ammo tanganining ikkinchi tomoni ham bor, so`nggi yillarda o`zbek filmlarida suratga tushmayapman. Bir jurnalist buning sababini so`raganida, rejissyorlardan surishtiring, men bilmayman, degandim. U ham aytganida turib, so`rov o`tkazibdi, rejissyorlarning bir qismi tashqi ko`rinishi o`zbekka o`xshamaydi desa, ikkinchi yarmi katta gonorarli aktyor ekanimni pesh qilishibdi. Vaholanki, gonorar masalasida sira tortishmaganman. Moskvada esa bu kabi masalalar bilan agentim shuјullanadi. Xorij filmlarida o`zbek yoki tojik millati vakillarini ijro etaman. Aytgancha, yaqinda «O`zbekfilm» kinostudiyasi bilan shartnoma imzoladik, Rashid Malikov rejissyorligida «Salom, bobo» nomli film suratga olinish arafasida. Karim Mirhodiev, Begzod Hamroev va men — bosh rol ijrochisimiz. Avјonda xizmat qilgan uch do`st hikoyasi.

—Serqirra ijodkorning hayotdagi apmluasi qanday?

—«Javzo» burji vakillariga qanday ta`rif berishsa — shundayman. Ba`zan portlab ketaman, ba`zida esa buning aksi. Yoshlik choјlarim ancha shumliklarim bo`lgan. Ishga nisbatan o`ta talabchanman. Punktuallikni qadrlayman, aktyor sifatida hech qachon hech kimni uyaltirib qo`ymaganman. Bu — mening prinsipim.

—Epizodik rollarda ham surat tushaverasiz, vaholanki siz kabi tajribali aktyorlarning ayrimlari faqat bosh qahramonlarga da`vo qilishadi.

—Yaqinda Piterda bo`lib o`tgan s`yomkada qatnashdim, menga berilgan epizodik rol uchun juda katta kasting o`tkazildi. Taniqli rejissyor, buning ustiga, metr aktyorlar jamoasi, Alisa Frendlix, Marina Niyolovalar bilan bir safda ishlash baxt-ku axir. Epizodga olishganiga qanchalik quvonganimni bilsangiz edi.

—Siz uchun qadrli bo`lgan rollar qaysilar?

—...(o`ylanib) «Na muromskoy dorojke» filmidagi qahramonim, aytgancha, bu bosh rol edi. Egor Kanchalovskiyning «Vozvrashenie v A» kartinasini aytishim mumkin. Kinoda yuzdan ortiq obrazlar yaratdim, ular orasida qadrlilari ko`p. Ayrimlarini tez-tez namoyish etishadi va shunga ham tomoshabinlarga yaxshi tanish. Masalan, Jek London asari asosida suratga olingan «Serdsa trex» filmi Rossiya telekanallarida yiliga 15 marotalab efirga uzatiladi. Bolaligimda Jek London asarlarini mutolaa qilib, o`zimni undagi qahramonlardan biri sifatida tasavvur qilardim. O`shandayoq xitoy, yapon yoki mo`јullarni ijro etishim mumkinligini xayol qilganman. Buni qarang, vaqti-soati kelib, Jek London asarida o`zimni ko`rdim.

—Seydulla aka, barchasiga qanday ulgurayapsiz? Hali Moskvada, hali Toshkentdasiz?

—Ikki yildan buyon o`z agentim bor. Rus kinoijodkorlaridan taklif tushsa, agentim bo`sh vaqtim bo`yicha jadval tuzadi, so`ng shunga ko`ra s`yomka kunlari belgilanadi. Bu sizni ortiqcha tashvishlardan xalos qilarkan. Toshkentda bo`lganimda plastika bo`yicha teatrda talabalarga saboq beraman. Safarga jo`nab ketsam, yordamchilarim dars soatlarini davom ettirishadi.

—Qattiqqo`l pedagog bo`lsangiz kerak?

—(kuladi) Talabalarimga sira ovozimni balandlatmayman, baqirib so`zlashish keksalik alomati deyishadi-yu, men esa hali ancha tetikman, qarigim yo`q.

—Aytishlaricha, qo`shiq ham kuylar ekansiz?

—Teatrda konsert yoki tadbirlar tashkillashtirilsa, qo`shiq kuylayman. Ko`pchilik aytadi, binoyidek ovozing bor, qo`shiq ayt deb. Xohlamayman! Matnni yod olishim ham qiyinroq, bir safar 10 yil davomida kuylab kelgan ashula so`zlarini unutib qo`yganman. Biror nimaga chalјidimmi yo xayajon bosdimi, xullas, yodimdan chiqsa deng. Asli doim spektakl namoyishi oldidan juda qattiq hayajonlanaman.

—Hali hammi?

—Albatta! Bitta rolni yigirma yildan buyon ijro qilib kelayotgan bo`lsam ham, baribir hayajonlanaman.

—Oilangiz haqida so`rasam bo`ladimi?

—So`rayvering. Qizim diplomatiya universitetini tamomlab, Moskvada o`qishni davom ettirdi. Hozir halqaro iqtisodiyot yo`nalishi bo`yicha yirik kompaniyalardan birida faoliyat yuritib kelayapti. Turmushga chiqqan, bir yoshu sakkiz oylik nabiram bor. O`tgan yili teatrdan ruxsat olib, Moskvaga yo`l oldim, nabiramning qanday atak-chechak otayotganini ko`rgim kelgandi-da. Bobo bo`lish boshqacha bo`larkan! Toshkentga kelganida tandirda yopilgan nonimizni yoqtirib qoldi. Bir butun nonni qo`liga olvoladi-da, maza qilib paqqos tushiradi. Shundan boshqasini emaydi.

—Rafiqangiz xoreograf adashmasam?

—Ha, ko`p yillar badiiy jamoaga rahbarlik qildi, yaqinda nafaqaga chiqib, nabiramizga qarayapti.

—Moldaxanovning baxtli turmush siri...

—Muhabbat, o`zaro hurmat va ishonch. Rafiqam rus millatiga mansub, ammo sharqona tarbiya ko`rgan. Meni tushunib, qo`llab-quvvatlab va mehr ko`rsatib yashayapti! Bu yil turmush qurganimizga 36 yil bo`ladi, 4 yil bir-birimizni sinaganmiz. Demak, 40 yildan beri birgamiz. Hozir ham kuniga o`n martalab qo`nјiroqlashamiz, bir-birimizni soјinamiz, baxtli turmush siri shu bo`lsa kerak-da. Ochiјi, bir necha martalab uylanadigan erkaklarni tushunmayman, hech kimni sevmaganmi ular? Bir paytlari ishsiz ham yurdim. Etti yillar chamamda, suratga tushmadim, teatrdan ketdim, o`sha damlarda rafiqam menga dalda bo`ldi. Aktyorlardagi krizis davri qiyin kechadi, ayrimlarning toqati etmay engiladi. Yaqin do`stlarim orasida ham shundaylari bo`lgan, shukr, oilamning ko`magi bilan men ulardan o`toldim.

—Yaqinlaringiz baxtiga hamisha soј-salomat bo`ling! Oilangizga ko`z tegmasin!

—Rahmat!

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: