Главная » Yangiliklar » ​Shahzoda Muhammedova Captiva`si ustiga 600 dollar qo`yib ketgan yigitni qidirmoqda
​Shahzoda Muhammedova Captiva`si ustiga 600 dollar qo`yib ketgan yigitni qidirmoqda

​Shahzoda Muhammedova Captiva`si ustiga 600 dollar qo`yib ketgan yigitni qidirmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Shahzoda Muhammedova Captiva`si ustiga 600 dollar qo`yib ketgan yigitni qidirmoqda
  • Дата релиза: 10-04-17, 15:59
​Shahzoda Muhammedova Captiva`si ustiga 600 dollar qo`yib ketgan yigitni qidirmoqda
Aktrisa, xonanda va dizayner Shahzoda Muhammedova avtomobili ustiga har safar sirli sovg`alar tashlab ketadigan g`oyibona oshig`i haqida “Sayyod” nashriga bergan intervyusida so`z yuritdi.

“Yaqinda bir qiziq voqea bo`ldi. Dugonalarim bilan ofisimda suhbatlashib o`tirgan edik. Shu payt homilador dugonalarimdan biri isib ketyapman, deb qoldi. Eshikni ochayotganimda tashqarida turgan mashinamning ustida paketda ichida nimadir turganini ko`rib qoldim. Pastga tushib qaradim, paketni olib, pastga qo`ydim. Keyin qarasam paket ichida tort bor ekan. Tort non-ku, uvol bo`lmasin deb uni ichkariga olib kirdim.

Paketni ochdik, korobkali tortni ustida ikkita shilliqqurtni rasmi bor yurak shaklidagi otkrtka turibdi. Otkrtkani ichidan esa 600$ dollar chiqdi”,—deb hikoya qiladi Shahzoda.

“Agarda o`sha inson kelib, o`zini tanishtirib, ‘O`sha pul meniki edi’, desa pulni qaytarib beraman”,—deydi aktrisa.“Uning kimligini bilolmadim. Men shu paytgacha hech kimdan qarz bo`lmaganman, mendan ham qarz bo`lishmagan”.

Aktrisaning aytishicha, kuzatuv kameralari uning mashinasi ustiga paket qo`yib ketilishi aks etgan holatni yozib olgan. Biroq tasvirlarda paketni qoldirib ketgan yigitning yuzi ham, uning avtomobili raqami ham ko`rinmagan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: