Главная » Yangiliklar » Shakira Facebook’da “layk”lar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Shakira Facebook’da “layk”lar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Shakira Facebook’da “layk”lar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Shakira Facebook’da “layk”lar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
  • Дата релиза: 05-06-14, 15:25
Shakira Facebook’da “layk”lar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Taniqli, iste’dodli xonanda Shakira Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “layk”lar soni bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Qo‘shiqchi uning yangiliklarini kuzatib boruvchi 96 milliondan ziyod obunachiga ega bo‘lgan. Bu haqda Bezoom xabar berdi.

Facebook kompaniyasi vakillari statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i tarixida 96 milliondan ortiq “layk”lar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkichni mashhur qo‘shiqchi Shakiraning akkaunti yig‘gan.

Lotin Amerikasi go‘zali akkauntining mashhurligiga faqatgina uning muvaffaqiyatli karyerasi sabab bo‘lmagan. Yaqinda Shakira o‘z vatani Kolumbiyada o‘quv muassasasini tashkil qildi. Unda xohlagan bola ta’lim olishi mumkin. Xonanda bu kabi tadbirlar hamyurtlariga narkotik va jinoyatlar ustun bo‘lgan guruhlarga tushib qolmasdan, to‘g‘ri yo‘lni tanlash va hayotda o‘z o‘rnini topishda yordam berishiga umid bildirgan.
Логин:
Пароль: