Главная » Yangiliklar » Shanxay aeroportida portlash uyushtirgan odam o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Shanxay aeroportida portlash uyushtirgan odam o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Shanxay aeroportida portlash uyushtirgan odam o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Shanxay aeroportida portlash uyushtirgan odam o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
  • Дата релиза: 12-06-16, 22:42
Shanxay aeroportida portlash uyushtirgan odam o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Shanxayning “Pudun” xalqaro aeroportida qo‘lbola portlovchi uskunani harakatga keltirgan erkak o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda, Shanghai Daily nashriga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda. Aniqlanishicha, nomi keltirilmagan 30 yoshli erkak ikkinchi terminalda ichiga portlovchi uskuna joylashtirilgan pivo idishini olib, piligini yoqqan va ro‘yxatga olish peshtaxtasiga qarata uloqtirgan. Shisha portlab, uning parchalari bir qancha odamni yaralagan. Filippinning 53 yoshli fuqarosi, XXRning 67 va 64 yoshli ikki fuqarosi yaralangan. Jinoyatchining o‘zi og‘ir ahvolga ekanligi bildirilmoqda — portlash sodir etilgach, u ryukzakdan pichoq chiqarib, bo‘yniga zarba bergan. “Pudun”da xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Ilgariroq portlashga pirotexnik vositalardan iborat yuk sabab bo‘lgani taxmin qilingan edi.
Логин:
Пароль: