Главная » Yangiliklar » Sharoiti og'ir joyda ishlaganlarga pensiyaga chiqishda imtiyoz bormi?
Sharoiti og'ir joyda ishlaganlarga pensiyaga chiqishda imtiyoz bormi?

Sharoiti og'ir joyda ishlaganlarga pensiyaga chiqishda imtiyoz bormi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Sharoiti og'ir joyda ishlaganlarga pensiyaga chiqishda imtiyoz bormi?
  • Дата релиза: 24-12-17, 16:03
Sharoiti og'ir joyda ishlaganlarga pensiyaga chiqishda imtiyoz bormi?
— Sharoiti inson salomatligiga salbiy ta`sir etadigan joyda ishlagan insonga pensiyatayinlanyotganda imtiyoz beriladimi?

Lola Kenjaeva, Navoiy viloyati

M.Tleuov, Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o`rinbosari v.b:

— O`zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`risida"gi Qonuning 9-moddasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro`yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo`ladilar, chunonchi:
Yoshidan qat`iy nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro`yxati;

Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko`rsatkichlarning 2-sonli ro`yxati;

Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko`rsatkichlarning 3-sonli ro`yxati.

Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: