Главная » Yangiliklar » “ShARTNOMA PULINI TO`LADIM-U, XIZMATNI O`TAY OLMADIM, GUVOHNOMA BERILADIMI YoKI?”
“ShARTNOMA PULINI TO`LADIM-U, XIZMATNI O`TAY OLMADIM, GUVOHNOMA BERILADIMI YoKI?”

“ShARTNOMA PULINI TO`LADIM-U, XIZMATNI O`TAY OLMADIM, GUVOHNOMA BERILADIMI YoKI?”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “ShARTNOMA PULINI TO`LADIM-U, XIZMATNI O`TAY OLMADIM, GUVOHNOMA BERILADIMI YoKI?”
  • Дата релиза: 03-11-17, 20:58
“ShARTNOMA PULINI TO`LADIM-U, XIZMATNI O`TAY OLMADIM, GUVOHNOMA BERILADIMI YoKI?”
— Bundan 3 yil oldin (muddatli harbiy) Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati uchun to`lov qilgan edim. Hozir oliy o`quv yurtida o`qiyman. OTMni bitirgunimcha 27 yoshga kirar ekanman. Shuni inobatga olgan holda harbiy xizmat guvohnomasi beriladimi yoki pulim kuyib ketadimi yoki xizmat o`tamadi degan guvohnoma olamanmi?

Urol Muhammadibragimov, Toshkent viloyatiAngren shahri

Ulug`bek QODIROV, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi podpolkovnik:

— Respublikamiz hududida joriy etilgan fuqarolarning harbiy hisobini yuritishga oid me`yoriy hujjat talablariga asosan pul badallarini to`liq miqdorda to`lagan, lekin turli sabablarga ko`ra harbiy yig`inni o`tamasdan chegara (27 yosh) yoshiga etgan fuqarolarga belgilangan tartibda harbiy guvohnoma rasmiylashtiriladi. Bunda harbiy guvohnomaning II qism 9-bandida: O`zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida"gi Qonunning 6-bandiga muvofiq "20_y. __dan 20_y.___gacha safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o`tadi va tumai MIB boshlig`ining 20__yil “___”dagi ___sonlibuyrug`iga asosan Qurolli Kuchlarning zahirasiga o`tkazildi", degan yozuvlar, harbiy guvohnomaning maxsus belgilar sahifasiga: "SChR xizmatining bir oylik harbiy yig`inini o`tamadi" yozuvi kayd etiladi.

Bayon etilgan ma`lumotlarni inobatga olgan holda, SChR xizmati pul badalini to`lab, hozirgi vaqtda oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan fuqarolarga SChR xizmatining bir oylik harbiy yig`inini ta`til vaqtda o`tash maqsadga muvofiq ekanligini bildiramiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: