Главная » Yangiliklar » ​ShAVKAT MIRZIYoEV AQSh PREZIDENTIGA HAMDARDLIK BILDIRDI
​ShAVKAT MIRZIYoEV AQSh PREZIDENTIGA HAMDARDLIK BILDIRDI

​ShAVKAT MIRZIYoEV AQSh PREZIDENTIGA HAMDARDLIK BILDIRDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​ShAVKAT MIRZIYoEV AQSh PREZIDENTIGA HAMDARDLIK BILDIRDI
  • Дата релиза: 03-10-17, 21:30
​ShAVKAT MIRZIYoEV AQSh PREZIDENTIGA HAMDARDLIK BILDIRDI
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev AQSh Prezidenti Donald Trampga maktub yo`lladi.

Mazkur maktubda “Las-Vegas shahrida ko`plab insonlar halok bo`lishiga olib kelgan tinch aholi ommaviy o`qqa tutilishi haqidagi ayanchli xabar bizni qattiq qayg`uga soldi” deyilgan.

Davlatimiz rahbari AQSh Prezidentiga samimiy hamdardlik bildirdi va nobud bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga dalda so`zlarini etkazishni so`radi.

Eslatib o`tamiz, hodisa birinchi oktyabr kuni Las-Vegasning Mandalay Bay ko`ngilochar markazida sodir bo`ldi. Ma`lumotlarga ko`ra, mehmonxonaning 32-qavatidan 64 yoshli Stiven Peddok odamlarga qarata o`q uza boshlagan. Erkak polisiyachilar kelishidan oldin o`zining ham hayotiga nuqta qo`ygan.

Otishma oqibatida halok bo`lganlar soni 59 kishiga etdi, yana 527 kishi jabrlandi. Bu haqda shahar sherifi Jozef Lombardo ma`lum qildi.

“Ushbu raqam ortib borishi mumkin”, – deydi u.

Lombardo shuningdek, jinoyatchining uyida yana 18 dona o`qotar qurol va portlash moslamasi topilgan. Ushbu otishma uchun javobgarlikni «Islom davlati» terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: