Главная » Yangiliklar » ​ShAVKAT MIRZIYoEV PAXTA MAVSUMI OLDIDAN MUHIM QARORNI IMZOLADI
​ShAVKAT MIRZIYoEV PAXTA MAVSUMI OLDIDAN MUHIM QARORNI IMZOLADI

​ShAVKAT MIRZIYoEV PAXTA MAVSUMI OLDIDAN MUHIM QARORNI IMZOLADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​ShAVKAT MIRZIYoEV PAXTA MAVSUMI OLDIDAN MUHIM QARORNI IMZOLADI
  • Дата релиза: 23-08-17, 01:09
​ShAVKAT MIRZIYoEV PAXTA MAVSUMI OLDIDAN MUHIM QARORNI IMZOLADI
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "2017 yilda g`o`za defoliasiyasini o`z vaqtida va samarali o`tkazish bo`yicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida"Qaror imzoladi.

2017 yilda g`o`za defoliasiyasini o`z vaqtida va samarali o`tkazish bo`yicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida 2017 yil 21 avgustdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3229-son qarori

G`o`zani sifatli defoliasiya qilish, paxta hosilini erta muddatlarda yig`ishtirib olish va paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish uchun dalalarni o`z vaqtida tayyorlash maqsadida:

1. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2017 yilda g`o`za defoliasiya qilinadigan maydonlar va uning maqbul muddatlari to`g`risidagi 1-ilovaga muvofiq takliflari qabul qilinsin.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari chigit ekish muddatlari, navi va g`o`zaning etilish davri, joylardagi ob-havo-iqlim sharoitlarini, ko`sak ochilishi sur`atlarini hisobga olgan holda tumanlar va fermer xo`jaliklari bo`yicha g`o`zani 1-ilovada belgilangan maydonlar va muddatlarda defoliasiya o`tkazish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko`rsinlar.

G`o`za defoliasiyasining belgilangan muddatlarda va sifatli o`tkazilishi hamda defoliantlarni ishlatish normalari va tavsiyalariga qat`iy rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O`zagrokimyohimoya” AJ rahbarlari zimmasiga yuklansin.

3. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - Qishloq va suv xo`jaligi vaziri Z.T.Mirzaev:

besh kun muddatda defoliasiyaga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish ishlarini muvofiqlashtiruvchi respublika ekspert ishchi komissiyasini, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasida, viloyatlar va tumanlarda ekspert ishchi komissiyalarni shakllantirsin, ularning tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, “O`zpaxtasanoat”AJ, O`zbekiston “Sifat” markazi, “O`zagrokimyohimoya” AJ mutaxassislarini kiritib, ularning zimmasiga g`o`za defoliasiyasi ishlari tashkil etilishi va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta`minlashga doir aniq vazifalar yuklasin;

defoliasiya ishlari o`tkazilishi yuzasidan qat`iy va doimiy nazoratni ta`minlasin hamda agrotexnika tadbirlarini o`tkazish borasida belgilangan muddatlar va me`yorlarga rioya etishni ta`minlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat`iy javobgarlik choralarini ko`rsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, “O`zagrokimyohimoya” AJ, “O`zagroservis” AJ joriy yilning 31 avgustigacha bo`lgan muddatda:

fermer xo`jaliklari bo`yicha defoliasiya o`tkaziladigan maydonlarni aniqlasinlar va har bir tumanni defoliantlar bilan ta`minlash hamda ularni alohida ajratilgan joylarda tayyorlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, defoliasiyani tashkil etish va maqbul muddatlarda o`tkazish tadbirlarini - “yo`l xarita”larini ishlab chiqsinlar. G`o`za defoliasiya qilinadigan maydonlarni belgilashda urug`lik go`za maydonlari hisobga olinmasin;

erda ishlatiladigan texnikalardan to`liq foydalanishni ta`minlashga e`tibor qaratib, defoliasiyani erda bajariladigan usullar bilan o`tkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;

g`o`za maydonchalarini tayyorlashni tugallasinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud bo`lishini ta`minlasinlar.

5. “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi “O`zagrokimyohimoya” AJ buyurtmanomalari bo`yicha g`o`za defoliasiyasini o`tkazish uchun samolyotlar ajratsin va ularning 2-ilovaga muvofiq 2017 yil 31 avgustgacha mintaqalarga etib borishini ta`minlasin.

Viloyatlar hokimliklari joriy yilning 31 avgustiga qadar maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy sharoitlar yaratilishini tugallasinlar.

6. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi defoliasiya o`tkazilishi yuzasidan qat`iy nazorat o`rnatsin hamda defoliantlarni qo`llash me`yorlariga rioya etilishi va defoliasiyaning belgilangan muddatlarda o`tkazilishiga alohida e`tibor qaratsin.

7. “O`zneftmahsulot” AJ yonilg`i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda purkagichlar va samolyotlar ishlarini ta`minlash uchun g`o`zani defoliasiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz etkazib berilishini tashkil etsin.

8. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish va qishloq xo`jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg`armasi bir hafta muddatda, asoslangan buyurtmanomalarga binoan tijorat banklariga fermer xo`jaliklari uchun g`o`za defoliasiyasini o`tkazishga zarur kredit mablag`larini, kelgusida ulardan defoliantlar xarid qilish hamda “O`zagrokimyohimoya” AJ va «SAR» aviakompaniyasi xizmatlariga haq to`lash uchun foydalanish maqsadida, belgilangan tartibda ajratsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - Qishloq va suv xo`jaligi vaziri Z.T.Mirzaev, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O`zagrokimyohimoya” AJ raisi U.A.Axunov zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoev
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: