Главная » Yangiliklar » Shavkat Mirziyoev poytaxtning Bunyodkor va Muqimiy ko`chalarida qurilayotgan yangi yo`l o`tkazgich qurilishi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoev poytaxtning Bunyodkor va Muqimiy ko`chalarida qurilayotgan yangi yo`l o`tkazgich qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoev poytaxtning Bunyodkor va Muqimiy ko`chalarida qurilayotgan yangi yo`l o`tkazgich qurilishi bilan tanishdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Shavkat Mirziyoev poytaxtning Bunyodkor va Muqimiy ko`chalarida qurilayotgan yangi yo`l o`tkazgich qurilishi bilan tanishdi
  • Дата релиза: 03-02-17, 19:42
Shavkat Mirziyoev poytaxtning Bunyodkor va Muqimiy ko`chalarida qurilayotgan yangi yo`l o`tkazgich qurilishi bilan tanishdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 3 fevral kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy ko`chalari kesishgan joyda qurilayotgan yo`l o`tkazgich bilan tanishdi.

Quruvchilarimiz bu kabi ulkan bunyodkorlik ishlarining hadisini olgan. Bugun Muqimiy va Bunyodkor ko`chalari kesishgan chorrahada tirbandlik yuzaga kelib, haydovchi va yo`lovchilarning ortiqcha vaqt yo`qotishiga, yoqilg`i sarfi oshib, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo`layotir.

Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo`lgan 6 polosali mazkur yo`l o`tkazgich nafaqat haydovchilar va piyodalarga, balki shu erda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi.

Ko`prikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo`lgan ikkita er usti o`tish yo`lagi ham barpo etilmoqda. Yog`in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari o`rnatishga alohida e`tibor qaratilmoqda, deb yozadi O`zA.

Prezidentimiz qurilishning borishi bilan tanishar ekan, mamlakatimizda kundan-kunga aholining yashash farovonligi oshib, xonadonlarda mashinalar ko`payayotgani, poytaxt ko`chalarida avtomobil qatnovining kengayayotganini inobatga olish, buning uchun qo`shimcha yo`llar va ko`priklar barpo etishga ehtiyoj sezilayotganini alohida ta`kidladi.

Quruvchilarga ishning tez va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Ko`prik Navro`z bayrami arafasida ishga tushirilishi mo`ljallanmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: