Главная » Yangiliklar » ShAVKAT MIRZIYoEV: SAN`ATIMIZ RIVOJINI O`YLAB XONANDALARNI SOLIQQA TORTIShGA ROZILIK BERMAYaPMIZ
ShAVKAT MIRZIYoEV: SAN`ATIMIZ RIVOJINI O`YLAB XONANDALARNI SOLIQQA TORTIShGA ROZILIK BERMAYaPMIZ

ShAVKAT MIRZIYoEV: SAN`ATIMIZ RIVOJINI O`YLAB XONANDALARNI SOLIQQA TORTIShGA ROZILIK BERMAYaPMIZ

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ShAVKAT MIRZIYoEV: SAN`ATIMIZ RIVOJINI O`YLAB XONANDALARNI SOLIQQA TORTIShGA ROZILIK BERMAYaPMIZ
  • Дата релиза: 04-08-17, 20:08
ShAVKAT MIRZIYoEV: SAN`ATIMIZ RIVOJINI O`YLAB XONANDALARNI SOLIQQA TORTIShGA ROZILIK BERMAYaPMIZ
Prezident Shavkat Mirziyoev ijod ahli bilan uchrashuvi chog`ida ye “O`zbekkonsert” qoshida “O`zbekiston xalq artistlari” klubini tashkil etish taklifini ilgari surdi.

Prezident mazkur klub a`zolari muntazam yig`ilishib, yurtimiz va jahon san`at olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni muhokama qilib, sohadagi kamchilik va muammolarni echish, yosh iste`dodlar tarbiyasi, madaniyatimizni ravnaq toptirish bo`yicha yangi g`oya, tashabbus va takliflar bildirib borishini tayinladi.

Klubning eng faol a`zolari bo`lgan Xalq artistlarini yil yakuni bo`yicha e`tirof etib, rag`batlantirib borishni ham yo`lga qo`yish lozimligini ta`kidladi.

“Sizlarga ma`lumki, sobiq ittifoq hududidagi boshqa davlatlardan farqli o`laroq, faqat O`zbekistonda estrada ijodkorlari aholiga madaniy xizmat ko`rsatishdan topadigan daromadlari bo`yicha soliq to`lash majburiyatidan ozod qilingan. Aytaylik, xonandalarimiz o`zining gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish uchun bir yilda bir marta belgilangan tartibda ma`lum miqdordagi mablag`ni to`lab, lisenziya oladi. Bo`ldi. Boshqa soliq yo`q. Aksariyat qo`shiqchilar mana shu lisenziyaga to`laydigan pulini bitta to`yda topishi ham sir emas. Shuning uchun ba`zan moliya va soliq idoralari tomonidan estrada xonandalarini, boshqa davlatlardagi kabi, daromad solig`iga tortish bo`yicha takliflar bildiriladi. Lekin biz azbaroyi san`atimiz, madaniyatimiz rivojini, xalqimizning ma`naviy saviyasini yuksaltirishni o`ylab, bu takliflarga rozilik bermay kelayapmiz. Hammangiz tushunasiz, salomga yarasha alik ham bo`lishi kerak. Xalqimiz san`atkorlardan yaratilgan ana shunday imkoniyat va imtiyozlarga yarasha javob kutishga haqli, albatta. Shu munosabat bilan bugun bir fikrni alohida ta`kidlab aytishni zarur, deb hisoblayman. O`zbekistonda adabiyot va san`at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma`naviyat va ma`rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo`l qo`ymaymiz. Kimda-kim bu sohalarga faqat pul ishlash, faqat iqtisodiy foyda ko`rish maqsadida kirayotgan bo`lsa, ular, marhamat, tadbirkorlik, biznes sohasiga borsin. Mana, bu borada qancha-qancha imkoniyat va imtiyozlar yaratib beryapmiz – shu sohaga o`tib ishlasin. Lekin ijodiy ishlarga aralashib, o`zini ham, san`at degan muqaddas tushunchani ham beobro` qilmasin. Buni hech kim hech qachon unutishga haqqi yo`q.”
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: