Главная » Yangiliklar » ​ShAVKAT MIRZIYoEV: XONANDALAR TO`Y BILAN OVORA... BA`ZI KLIPLARNI OILA DAVRASIDA TOMOShA QILIB BO`LMAY QOLDI...
​ShAVKAT MIRZIYoEV: XONANDALAR TO`Y BILAN OVORA... BA`ZI KLIPLARNI OILA DAVRASIDA TOMOShA QILIB BO`LMAY QOLDI...

​ShAVKAT MIRZIYoEV: XONANDALAR TO`Y BILAN OVORA... BA`ZI KLIPLARNI OILA DAVRASIDA TOMOShA QILIB BO`LMAY QOLDI...

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​ShAVKAT MIRZIYoEV: XONANDALAR TO`Y BILAN OVORA... BA`ZI KLIPLARNI OILA DAVRASIDA TOMOShA QILIB BO`LMAY QOLDI...
  • Дата релиза: 04-08-17, 20:09
​ShAVKAT MIRZIYoEV: XONANDALAR TO`Y BILAN OVORA... BA`ZI KLIPLARNI OILA DAVRASIDA TOMOShA QILIB BO`LMAY QOLDI...
Shavkat Mirziyoev O`zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma`ruzasida eng ommaviy san`at bo`lgan estrada san`ati muammolariga e`tibor qaratdi.

U o`z nutqida eng asosiy kamchilik sifatida sohada ijod qilayotgan aksariyat ijrochilar faoliyatida talabchanlik va mas`uliyat, ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik tuyg`usi tobora pasayib borayotganini qayd etdi.

“Men o`z tajribamdan yaxshi bilaman, katta bayramlarimizni – bu Mustaqillik, Navro`z yoki Konstitusiya bayrami bo`ladimi – ularni o`tkazishda bizni eng qiynaydigan, xunobimizni chiqaradigan narsa – bu estrada dasturi ekanini hammangiz yaxshi bilasiz. Ming afsuski, mana shu holat hali ham barham topgani yo`q. Estrada san`atidagi kamchiliklarning asosiy sabablari hech kimga sir emas. Ko`pchilik qo`shiqchilar mas`uliyatni unutib, o`z ustida ishlamay qo`ygan, izlanish, mahoratini oshirish, yangi ijodiy g`oyalar bilan yashash, san`at dunyosiga, muxlislarga hurmat kabi tushunchalar ularga begona bo`lib qolgan, desak, qanchalik achchiq bo`lmasin, bu ham haqiqat. Shunday san`atkorlar ham borki, unvon olgunicha tinimsiz elib-yuguradi, hol-joningizga qo`ymaydi. Unvon oldimi, tamom, suvga tushgan toshdek jim bo`lib ketadi. Ulardan unvonga yarasha, xalqning e`tiboriga yarasha ijod qani, deb so`rash o`rinlimi yoki yo`qmi? Ijodkorning talabi bilan birga burchi ham bo`lishi kerak emasmi? Shu munosabat bilan musiqa san`ati sohasida faxriy unvonlar, avvalambor, “O`zbekiston xalq artisti”, “O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi”, “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist”, “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” kabi mukofotlar bilan taqdirlash masalasini, bu borada qabul qilingan normativ-me`yoriy hujjatlarni tanqidiy nuqtai nazardan qayta ko`rib chiqish vaqti keldi, deb o`ylayman. Ko`pchiligimiz yaxshi bilamiz, ilgari “Xalq artisti” degan unvon olish uchun san`atkor necha o`n yillar samarali ijod qilishi talab etilardi. Masalan, mashhur hofiz Tavakkal Qodirov “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist” unvonini olganidan keyin – shunga e`tibor bering – oradan 25 yil o`tib, “O`zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan edi. Yaqin o`tmishdan bunday misollarni yana ko`plab keltirish mumkin."
Prezident unvon berishda san`atkorning faqat to`rtta qo`shig`i emas, uning ijtimoiy faolligi, munosib shogirdlar tarbiyalagani, el-yurt o`rtasidagi obro`-e`tibori, eng muhimi, san`atga sadoqati ustuvor mezon sifatida belgilanishi shart ekanligini, unvonlarning nufuzi va obro`sini saqlash lozimligini aytdi.

“Bizning xalqimiz – san`atsevar xalq, o`zi sevgan, yoqtirgan ijrochilarni nafaqat televizor yoki sahnada, balki o`zining yaxshi kunlarida, to`y-hashamlarida ham ko`rgisi keladi. Buni hammamiz to`g`ri tushunamiz. Ming afsuski, bugungi estrada xonandalarining aksariyati hali Yangiyo`lga, hali Shovotga, hali Yangiqo`rg`onga, hali Chiroqchiga to`yga qatnash bilan ovora. Boshqa biron masala bilan ishi yo`q. Albatta, san`atkorda ham oila, bola-chaqa bor, ularning ham hayotiy ehtiyojlari bor. Buniyam to`g`ri tushunamiz. Lekin ijodni pulga, mol-dunyoga almashtirgan odamdan san`at shafqatsiz o`ch oladi. Oxir-oqibatda har qanday yorqin iste`dod ham so`nib, el-yurt nazaridan qoladi. Shu o`rinda, yana bir masalaga sizlarning e`tiboringizni qaratmoqchiman. Gap san`atkor odobi, ularning yurish-turishi, kiyinish madaniyati, muomalasi bilan boshqalarga, eng avvalo, yoshlarimizga o`rnak bo`lishi zarurligi haqida bormoqda. Xushovoz xonanda Sanobar Rahmonovaning bir paytlar kuylagan dilbar qo`shiqlarini tomoshabinlar hozir ham sog`inib eslaydilar. Bu san`atkor teleekranda ham, sahnada ham iboli, hayoli, haqiqiy o`zbek qizining qiyofasini, chinakam obrazini yaratib, qancha-qancha qizlarimizga ibrat bo`lgan edi. Afsuski, bugun televidenie orqali berilayotgan ba`zi kliplarni oila, farzandlar davrasida tomosha qilib bo`lmay qoldi. Har bir harakatida g`arbga taqlid sezilib turadigan, ochiq-sochiq kiyingan yoshlarni ko`rib, nahotki shular ham bizning farzandlarimiz, bizning millatimiz vakillari bo`lsa, deb o`ylab qolasan kishi.”
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: