Главная » Yangiliklar » Shavkat Mirziyoyev o‘z qarorida Islom madaniyati markazi binolari qurilishiga milliarder Alisher Usmonov homiylik qilishini ko‘rsatib o‘tdi
Shavkat Mirziyoyev o‘z qarorida Islom madaniyati markazi binolari qurilishiga milliarder Alisher Usmonov homiylik qilishini ko‘rsatib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev o‘z qarorida Islom madaniyati markazi binolari qurilishiga milliarder Alisher Usmonov homiylik qilishini ko‘rsatib o‘tdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Shavkat Mirziyoyev o‘z qarorida Islom madaniyati markazi binolari qurilishiga milliarder Alisher Usmonov homiylik qilishini ko‘rsatib o‘tdi
  • Дата релиза: 23-06-17, 21:54
Shavkat Mirziyoyev o‘z qarorida Islom madaniyati markazi binolari qurilishiga milliarder Alisher Usmonov homiylik qilishini ko‘rsatib o‘tdi
O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Islom madaniyati markazining asosiy binolarini qurish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga taniqli rossiyalik biznesmen, asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov homiylik qiladi.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 23-iyun kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zda tutilgan.

“Markazning ma’muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar mashhur vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin”, — deyiladi hujjatda.

O‘zbekistonda Islom madaniyati markazi yaratilishi haqida Shavkat Mirziyoyev “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida aytib o‘tgan edi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: