Главная » Yangiliklar » Sherali Jo`raev: “Erkin Komilovdan bekinib qo`shiq aytardim”
Sherali Jo`raev: “Erkin Komilovdan bekinib qo`shiq aytardim”

Sherali Jo`raev: “Erkin Komilovdan bekinib qo`shiq aytardim”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Sherali Jo`raev: “Erkin Komilovdan bekinib qo`shiq aytardim”
  • Дата релиза: 14-04-17, 18:56
Sherali Jo`raev: “Erkin Komilovdan bekinib qo`shiq aytardim”
O`zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov va Sherali Jo`raev kuni kecha bo`lib o`tgan tadbirda talabalik yillarini xotirlashdi.

San`atga bir vaqtda kirib kelgan san`atkorlar talabalikdagi qiziq voqealarni kulishib, eslashdi.

O`zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sohibi Sherali Jo`raev o`z tavallud kuni munosabati bilan uyushtirilgan kechada san`atkorning hayoti bilan bog`liq turli qiziqarli voqealarni xotirlashdi.

Tadbirda “Darakchi” gazetasi ijodkorlari Rustam Jabborov va Dilfuza Sobirovalar ishtirok etishdi.

Erkin Komilov “Sherali Jo`raev yoshligidan juda ko`p qo`shiq aytardi. Men uning xonanda bo`lishiga ishonmasdim, shu sababli unga “sendan xonanda chiqmaydi” derdim, bugun adashganimdan hursandman”, deya kulgu bilan yoshlik xotiralarini esladi.

Sherali Jo`raev ham “Erkin eshitmasin deb, uyning chordoqlariga chiqib, bekinib ashula aytardim”, dedi kulib.

Shohjahon va Zohirshox Jo`raevlar otalarining tug`ilgan kuni bilan qutlab, “Otajon” deya duet tarona kuylashdi. otasiga bag`ishlab. Shuningdek tadbirda hofizning yaqinlari ham unga atab qo`shiq kuylashdi.

Avvalroq Sherali Jo`raev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Haj ziyoratiga borgani va ziyorat davomida Muqaddas Ka`batullohga kirish baxtiga muvaffaq bo`lgani haqida xabar bergandik.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: