Главная » Yangiliklar » ​Sherali Jo`raev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Ka`batullohga kirgan kunini tavallud ayyomi sifatida nishonlaydi
​Sherali Jo`raev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Ka`batullohga kirgan kunini tavallud ayyomi sifatida nishonlaydi

​Sherali Jo`raev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Ka`batullohga kirgan kunini tavallud ayyomi sifatida nishonlaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Sherali Jo`raev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Ka`batullohga kirgan kunini tavallud ayyomi sifatida nishonlaydi
  • Дата релиза: 14-04-17, 13:16
​Sherali Jo`raev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Ka`batullohga kirgan kunini tavallud ayyomi sifatida nishonlaydi
13 aprel kuni poytaxtimizning “Versal” restoranida O`zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sohibi Sherali Jo`raev o`z tavallud kuni munosabati bilan dasturxon yozdi.

Tantanaga “Darakchi” gazetasi ijodkorlari Rustam Jabborov va Dilfuza Sobirovalar ham taklif etildi.

Tadbirda hofizning hayoti haqida o`zi va do`stlari tomonidan bir qancha qiziqarli ma`lumotlar keltirildi.

Sherali Jo`raevning aytishicha, u Mustaqilligimizning ilk yillarida O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Haj ziyoratiga borgan va ziyorat davomida Muqaddas Ka`batullohga kirish baxtiga muvaffaq bo`lgan. Shundan buyon hofiz shu kunni o`zining tug`ilgan kuni sifatida nishonlaydi.

Tadbirga ko`pgina chet davlatlardan mehmonlar tashrif buyurishdi. Jumladan, Tojikistondan xalq artisti Jo`rabek Murodov, Moskvadan fazogir Solijon Sharipov hamda Turkiya va Uyg`ur avtonom Respublikalaridan ham mehmonlar hofizni tabriklash uchun kelishdi.

Tadbirni O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov ochib berdi. Tadbirga ko`zga ko`ringan o`zbek san`ati namoyondalari, adabiyotshunos-olimlar, shoir va yozuvchilar, akademiklar hamda Sherali Jo`raevning ashaddiy muxlislari tashrif buyurishdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: