Главная » Yangiliklar » Sherali Jo`raev oilasidagi ayollar haqida gap ochdi...
Sherali Jo`raev oilasidagi ayollar haqida gap ochdi...

Sherali Jo`raev oilasidagi ayollar haqida gap ochdi...

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Sherali Jo`raev oilasidagi ayollar haqida gap ochdi...
  • Дата релиза: 24-03-18, 16:35
Sherali Jo`raev oilasidagi ayollar haqida gap ochdi...
O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raev “Sug`diyona” gazetasining jurnalisti bilan bo`lgan suhbatda oilasidagi ayollar haqida so`z ochdi...

— Menda qatiyat, shijoat, qattiqqo`llik bo`lsa – otamdan, yumshoqko`ngillik – onamdan. Onam Bahriniso aya o`rta bo`ylik, yumshoqko`ngil inson edilar. Butun umri mehnatda o`tgan, oiladagi 6 farzandning parvarishi, ro`zg`or xizmatlaridan qaddi bukilsa-da, hech nolimagan inson. Butun umr duo qilib o`tdi, duo qilganda ham o`ziga so`ramasdi, balki butun xalqni duo qilardi. 95 yoshlaridan yotgan joylaridan ham namoz o`qib o`tdilar. Ayolim onamning duolarini ko`p olgan, endi o`zi ham u kishiga o`xshab borayapti. Uch qizim bor: Shukrona, Bahrona, Mushtariy. Shukrona psixologiyani bitirdi. Bahrona va Mushtariy bu yil talaba bo`lishdi. Qizlarimiz maktabdan tashqari ilmni uyda olishdi, hozir o`qishga ham qizlarni mashina olib borib olib keladi, tamom. Ko`chada ko`p yurishmaydi, har holda falonchining qizi degan nomlari bor. Qizlarni avaylab-asrash kerak. Qiz bola ko`proq otasidan xususiyat, fazilat olarkan. Qizlarimga mendan ko`p narsa o`tgan, bu quvontiradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: