Главная » Yangiliklar » ​ShERZOBDEK "YuRAK OG`RIQLARI", INJIQ FE`LI VA BO`LAJAK YoRI HAQIDA(EKSKLYuZIV)
​ShERZOBDEK

​ShERZOBDEK "YuRAK OG`RIQLARI", INJIQ FE`LI VA BO`LAJAK YoRI HAQIDA(EKSKLYuZIV)

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​ShERZOBDEK "YuRAK OG`RIQLARI", INJIQ FE`LI VA BO`LAJAK YoRI HAQIDA(EKSKLYuZIV)
  • Дата релиза: 25-08-17, 20:54
​ShERZOBDEK "YuRAK OG`RIQLARI", INJIQ FE`LI VA BO`LAJAK YoRI HAQIDA(EKSKLYuZIV)
Bugun san`atda mashhurlar shohsupasining yuqori cho`qqilari sari intilayotgan yoshlar talaygina. Ular orasida «Nihol» mukofoti sovrindori, «Sog`inch», «Ko`yingda mast» kabi ilk qo`shiqlaridanoq ko`pchilikning e`tirofiga sazovor bo`lgan ShERZODBEK o`ziga xos yo`nalishi, kamtarligi bilan ajralib turadi. Xonanda "So`g`diyona" gazetasi mehmoni.

—Avvalo, san`atkorlar o`rtasidagi bellashuvda g`olib bo`lganingiz, ustoz san`atkorlarning iqtidoringizga yuqori baho berganlari bilan qutlaymiz. Loyihada qatnashishni boshlaganingizda yuragingizda qanday o`ylar o`tdi?

— «Zo’r.Tv» telekanalidan «Cover up» loyihasida ishtirok etish, ustozlar ijrosidagi qo`shiqlarni buzmagan holda, ammo o`z talqinida kuylash taklifi tushgan lahzalarda g`olib bo`lish to`g`risida o`ylamagandim. Birinchi davra uchun sakkiz san`atkorni tanlab olishayotgan ekan. Onamlarga «Birinchi o`rinni ololmasam xafa bo`lmaysiz-a?» deganimda, «Qatnashib ko`ring-chi», dedilar, biroq yuraklarida biroz hayajon uyg`onganini his etdim. Men uchun har qanday tanlovda iqtidorimga xalq tomonidan, mutaxassislar, ustoz san`atkorlar tomonidan haqqoniy baho berilishi muhim. Tomoshabinlar o`rtasida musiqani yaxshi tushunadigani ham, tushunmaydigani ham bor, ya`ni besh qo`l baravar emas. Loyihada qatnashgan Umidaxon, Lazizxon, Mashhurbek, Ruxshona, Gulasal Abdullaeva, Shahzod Murodovlarning har biri o`z yo`nalishiga ega, intiluvchan va izlanuvchan san`atkorlar. Ko`rsatuvni muntazam kuzatib borgan barcha tomoshabinlar ularning ijro mahoratiga yana bir bora guvoh bo`lishdi. Bu juda kichik tanlov, bellashuv edi. Biroq o`z ishining mohirlari, o`zbek qo`shiqchilik san`atining darg`alari, O`zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Nasiba Abdullaevalarning ijodimga yuksak baho berganlari meni juda to`lqinlantirib yubordi.

—Bellashuvda ishtirok etgan barcha san`atkorlar astoydil harakat qilishdi, shunday emasmi?

—Shak-shubhasiz! Gap g`olib bo`lishda emas, aslida. Mag`lubiyatni ham yuksak matonat bilan kutib oladigan san`atkor haqiqiy san`atkor bo`ladi. Mag`lubiyat aslida yuksak cho`qqi uchun olg`a tashlangan bir qadam. Ishtirokchilar loyiha mobaynida yangi qo`shiqlar o`rganishdi, mahoratlari oshdi. Bilasizmi, biz xorijlik san`atkorlarning ingliz, hind, turk tilidagi qo`shiqlarini miriqib eshitamiz. Istardimki, bizning o`zbek tilidagi qo`shiqlarimizni ham butun dunyo jon dili bilan tinglasa va bunga doim ehtiyoj sezsa.

—Balki buning uchun san`atkorlarimiz ham xorij tillarini mukammal o`rganishlari kerakdir...

—Yo`q, qo`shiq aytish uchun tilni mukammal o`rganish shart emas. Axir biz ingliz yoki hind tilidagi qo`shiqlarni tinglayotganimizda xonandaning nima deyayotganini to`liq tushunmaymiz-ku. Biroq jon qulog`imiz bilan tinglaymiz, raqsga tushamiz. Agar biz xorijliklarda san`atimizga mehr-muhabbat uyg`ota olsak, ular qo`shiqlarimizni tinglashlariga shubha qilmayman. Bironta xorij tilidagi qo`shiqni ijro etgudek bo`lsam, albatta, shu tilni yaxshi biladigan mutaxassisga uchrashib, so`zlarning ma`nosini, aytilishini yaxshilab o`rganaman.

—Sherzodbekning bolaligi qanday o`tgan?

—Bolaligim Glier nomidagi musiqa internat-maktabida o`tgan. 1-3 sinflarda maktabimiz yotoqxonasida yotib qolardim. 3 yil mobaynida onam shanba kuni uyga olib ketib, dushanba kuni o`qishga olib borib qo`yardilar. O`sha kezlarda bolaligimga borib yig`lab qolardim. Direktor o`rinbosari Abdurauf aka «Tog`asining o`g`li bu, meni yonimda qoladi» desalar, qo`rqqanimdanmi indamaygina sinfga kirib ketardim. Bir kuni qaysidir fandan «uch» baho olib rosa yig`labman. Ustozlarim «Qo`y, yig`lama endi», deyishsa, «Onamning yolg`iz o`g`il farzandiman, men onamni boqishim kerak» debman. Aslida esa ular menga «Sen o`qishing kerak, o`qimishli bo`lishing lozim» deb uqtirganlar, hech qachon meni boqasan deb aytmaganlar.

—Oila oldidagi mas`uliyatni juda erta his eta boshlagansiz, chog`i?

—Ehtimol shundaydir. Toshkent shahrida yashovchilarga yotoqxonada qolishiga ruxsat berishmay qo`yishgach, 3-sinfdan so`ng Talabalar shaharachasidagi maktabga yolg`iz o`zim qatnay boshladim. Darslardan kech qaytsam, onam ko`ziga yosh to`lgancha she`rlar yozib o`tirardilar.

—Tengqurlaringiz bilan ko`cha kezarmidingiz hech?

—(kuladi) Tut pishig`ida darsdan chiqardimda, do`stlarim bilan tut egani borardik, ko`cha aylanardik. Bunaqasi ham bo`lgan. Sport jonu dilim edi. Tog`alarim ko`rgani kelishsa, «Men Qantomasman» deya ularning ustiga chiqib olardim. Fantomas so`zini aytolmay Qantomas derdim-da. Ilk kuylagan qo`shig`im «Xo`ja» guruhining taronasi edi. Buni ham xato kuylaganman. Onam noto`g`ri aytyapsan desalar, ishonmasdim. Bu xatomni anchadan keyin tan olganman. Hech qachon erka bo`lmaganman. Har zamonda onamga bir erkalik qilganimni aytmasak.

—Hayotimiz davomida turli voqea – hodisalar yuz beradi...

—Ha, ba`zan tushkunlikka tushib qolamiz. Menda ham bir paytlari ana shunday kayfiyat kuzatilgandi. O`sha kezlarda uydan ko`chaga chiqqim kelmay qolgan. Bundan jahli chiqqan onam, «Tur o`rningdan, sen erkaksan. Erkak uyda o`tirmaydi, hech bo`lmasa har kuni uyiga 2 ta non ko`tarib kelishi kerak», deb koyiganlar. O`sha-o`sha men bu gapni dilimda takrorlab turaman.

—Do`stlaringiz...

—Ular ko`p. Yaqindagina do`stlarim bilan yig`ilishib toqqa, dam olishga chiqib keldik. Musiqa maktabida birinchi sinfdan birga o`qigan do`stlarim Faxriddin va Sardor bilan juda yaqinmiz.

—«To`yimga bir kelib keting» deguvchilar ko`p san`atkorlarga, siz bunday iltimoslarni chin dildan bajara olasizmi?

—Shoir yozganidek, «Iltimosga kuning qolmasin». Biroq har ishda me`yor bo`lgani durust. Me`yordan oshsa yurak og`riydi. Yurakda og`riq tursa shu erdan baraka qochadi.

—Hayotda kamgapmisiz?..

Vaziyatga qarab gapiraman, vaziyatga qarab ish tutaman. Buni menga hayot o`rgatdi. Bejizga donishmandlar hayot - katta muallim deyishmas ekan. To`g`riso`zligim bois dilimdagi bor gap-so`zni ochiq aytib qo`yib ancha dakki eganman.

—Kamchiliklaringizni ro`y-rost tan olasizmi?

—Qo`shiq va kiyim tanlashda juda injiqman. Etti o`lchab bir kesaman. Manavi qo`shiqni ayt, zo`r qo`shiq deyishsa ham kuylamayman. «Bu qo`shiq bugun aytilib ertaga unutilishi kerak emas» deyman. Bunchalar injiqlik qilma, deyishsa, har doim mingta tinglovchidan bittasining yodida tursa ham mening yutug`im, deyman.

—Sermahsul ijodkor emassiz. Buning boisi nimada?

Men uchun qo`shiqning soni emas, sifati muhim. Bitta qo`shiqni omma hukmiga havola etgunimga qadar juda ko`pchilikka eshittirib ko`rib, fikrlarini yig`aman.

—Onangiz kelin axtaryaptilar, deb eshitdik. Bo`lg`usi rafiqangizga qanday talablaringiz bor?

—U qadar katta talablarim yo`q. Eng avvalo, meni, kasbimni tushunishi, onamni, singlimni hurmat qilishi lozim. Birimiz baland kelganda, ikkinchimiz past kelishimiz baxtli oila kaliti bo`la oladi deb o`ylayman.

—Uyga kech qaytganingizda «SMS» lar yozmasa, shundaymi?

—(kulimsirab) Hozirgi qizlar «SMS» yozmasdan tura olarmikan?

—Chiroyli bo`lishi-chi, muhimmi?

—Qaysi yigit rafiqam xunuk bo`lsin deydi, albatta latofatli, es-hushli, uyim-joyim deydigan qiz oilamizga kelin bo`lib kelishini istayman.

—Kimning taskini sizga quvonch bag`ishlaydi?

—Onamning.

Jamshidbek suhbatlashdi
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: