Главная » Yangiliklar » Shifokorlar xitoylikning boshidan 8-qavatdan tushib ketgan pichoqni olib tashlashdi
Shifokorlar xitoylikning boshidan 8-qavatdan tushib ketgan pichoqni olib tashlashdi

Shifokorlar xitoylikning boshidan 8-qavatdan tushib ketgan pichoqni olib tashlashdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Shifokorlar xitoylikning boshidan 8-qavatdan tushib ketgan pichoqni olib tashlashdi
  • Дата релиза: 12-08-14, 23:52
Shifokorlar xitoylikning boshidan 8-qavatdan tushib ketgan pichoqni olib tashlashdi

Shifokorlar Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Guanyuan shahrida yashovchi Syao Yunchjining boshidan 12 santimetrli pichoqni chiqarib olishdi, deya xabar berdi Daily Telegraph.

 Ma’lum bo‘lishicha, Syao ko‘p qavatli uy yonidan o‘tib ketayotganida 8-qavat balkonidan boshiga bog‘ pichog‘i tushib ketadi, biroq u hech narsani sezmaydi. Yuz metrcha yurganidan so‘ng yo‘lda uchragan kishi Syaoning boshiga ishora qiladi, shunda u og‘riqni his qilib, yerga o‘tirib qoladi. Atrofdagilar tez yordam chaqirishadi.

 Shifokorlar pichoqni sug‘urib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda Syao intensiv terapiya bo‘limida yotibdi, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

 Pichoq egasi politsiyaga uni gul tuvagida qoldirgani, tushib ketishi mumkinligini bilmaganini aytgan. U shifoxonaga kelib, Syaoni ziyorat qilgan va ba’zi to‘lovlarni o‘z bo‘yniga olgan.

Логин:
Пароль: