Главная » Yangiliklar » Shimolda yashovchi musulmonlar kun davomida 22 soat ro`za tutadi

Shimolda yashovchi musulmonlar kun davomida 22 soat ro`za tutadi

Shvesiya shimolidagi Kiruna shahrida yashovchi musulmonlar Ramazon davomida 20-22 soatlab ro`za tutadi.

Er sharining shimoliy nuqtasida joylashgan mamlakatlarda ayrim shaharlarning mahalliy musulmon aholi Ramazonning birinchi kunida ro`za tutish vaqti 19 soat 53 daqiqa bo`lishi aytib o`tildi.

Ramazonning oxirgi kunida esa bu vaqt 21 soat 58 daqiqa davom etishi qayd etilgan. O`z navbatida ko`rinib turibdiki ushbu hudud aholisi iftorlik va saxarlik orasida 2-4 soat davomida xufton va taroveh namozlarini ado etishlari va saxarlik qilishga tayyorlanishlari kerak bo`ladi.

Norvegiyaning Tromso shahrida bu muddatlar 19 soat 50 daqiqa va 21 soat 59 daqiqani, Islandiya poytaxti Reykyavikda 19 soat 11 daqiqani va 21 soat 48 daqiqani tashkil etadi.

“Qish o`rtasida 9-10 soat qisqa muddatli ro`za tutish bilan uzun muddatli ro`za tutish o`rtasida farq yo`q. Alloh sabr beradi”, – deydi Shvesiya Islom federasiyasi raisi Tohir Akan.
Manba: Darakchi.uz



Новости «Shimolda yashovchi musulmonlar kun davomida 22 soat ro`za tutadi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]