Главная » Yangiliklar » Shohruh rafiqasi Zlataning sof o`zbek oilasiga qanday ko`nikib ketgani haqida gapirdi
Shohruh rafiqasi Zlataning sof o`zbek oilasiga qanday ko`nikib ketgani haqida gapirdi

Shohruh rafiqasi Zlataning sof o`zbek oilasiga qanday ko`nikib ketgani haqida gapirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Shohruh rafiqasi Zlataning sof o`zbek oilasiga qanday ko`nikib ketgani haqida gapirdi
  • Дата релиза: 11-03-17, 22:13
Shohruh rafiqasi Zlataning sof o`zbek oilasiga qanday ko`nikib ketgani haqida gapirdi
Shohruh reper rafiqasi Zlata bilan tanishish tarixi, uning asl o`zbek oilasiga qanday ko`nikib ketgani, farzandlari tug`ilgani unga qanday ta`sir ko`rsatgani haqida “Sayyod.com”ga bergan intervyusida so`zlab berdi.

“Rafiqam bilan kafeda tanishganmiz. Inson bir kishini sevib qolsa, uning millati ham ahamiyatga ega emas. Men rafiqamga sevib uylanganman. Zlata mening muxlisim bo`lmagan. U boshqa yo`nalishdagi qo`shiqlarni tinglaydi.

Bizning oilamiz sof o`zbekcha oila. Zlata urf-odatlarimizga, an`analarimizga o`rganib ketgan. Biz uni ‘o`zbek’ qilib qo`yganmiz.

Vaqt o`tgani va yoshi ulg`aygani sari inson o`zgaradi. Farzandlarimning tug`ilishi meni o`zgartirdi, deb ayta olaman”.

Shohruh reper 24-25 mart kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan yangi konsertida 45 ta qo`shiq ijro etadi. Konsert dasturida qo`shiqlar jonli ijro etiladi.

Ma`lumot uchun, Shohruh reper 2016 yilning 12 may kuni Zlata ismli qiz bilan turmush qurdi. Ularning bir o`g`il va bir qiz farzandlari bor.
Логин:
Пароль: