Главная » Yangiliklar » ​Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqmoqda. To`y Pxuket orolida bo`lib o`tadi
​Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqmoqda. To`y Pxuket orolida bo`lib o`tadi

​Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqmoqda. To`y Pxuket orolida bo`lib o`tadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqmoqda. To`y Pxuket orolida bo`lib o`tadi
  • Дата релиза: 03-07-17, 13:08
​Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqmoqda. To`y Pxuket orolida bo`lib o`tadi
Aktrisa Sitora Alimjonova shaxsiy hayotiga oid muhim sirni oshkor qildi.

Sitora “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida sevgan insoni borligini va unga turmushga chiqayotganini ma`lum qildi:

“Yigitim bilan 2012 yilda tanishganmiz. Yaqinda to`y qilamiz. U toshkentlik, ayrimlar aytganidek chet ellik yoki sportchi emas. Nega aynan endi to`y qilayotganimizga to`xtaladigan bo`lsam, o`sha paytda men yosh edim, kar`era qilishim kerak edi. U ham oyoqqa turib olishi kerak edi. Mana endi mening orzuimdagi to`y qilib, turmush qurmoqdamiz. U paytda men hali Sitora Alimjonova emas edim. U meni aktrisa sifatida bilmagan. Facebook orqali tasodifan tanishib qolganmiz. Bir muddat gaplashib yurdik, orada ajralib ham ketdik. Keyin yana topishdik.

Bo`lajak turmush o`rtog`im 27 yoshda, u tadbirkor”

“Yigitim bilan arazlashib qolgan paytimda “Shok.uz” saytining “To`y” loyihasida Sharof Muqimov bilan ishtirok etdim”, — deydi aktrisa so`zlarini davom ettirib.
Sitora Alimjonova shuningdek, to`yi shu yilning 8 avgustida Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tishini va unda kelin-kuyovning qarindoshlari, yaqinlari va do`stlari ishtirok etishini ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun, Sitora xonanda Ulug`bek Rahmatullaevning “Sog`inib” klipidagi obrazi orqali elga tanilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: