Главная » Yangiliklar » Slovakiya prezidenti o‘z maoshini kambag‘allarga bo‘lib berdi
Slovakiya prezidenti o‘z maoshini kambag‘allarga bo‘lib berdi

Slovakiya prezidenti o‘z maoshini kambag‘allarga bo‘lib berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Slovakiya prezidenti o‘z maoshini kambag‘allarga bo‘lib berdi
  • Дата релиза: 28-07-14, 21:54
Slovakiya prezidenti o‘z maoshini kambag‘allarga bo‘lib berdi
Slovakiyaning yangi saylangan prezidenti Andrey Kiska o‘zining 5376 yevroga teng ilk maoshini kambag‘al va xasta kishilarga taqsimlab berdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Peter Petrus xabariga tayanib, “Rossiyskaya gazeta” ma’lum qildi.

“Sakkizta oilaning bank hisoblariga 537 yevrodan o‘tkaziladi, bunday hisobga ega bo‘lmagan yana ikkita oilaga mablag‘lar pochta orqali yuboriladi”, — dedi Petrus.

Pulga muhtoj oilalarni Prezident bir nechta xayriya tashkilotlari orqali tanlab oldi.

Kiska Slovakiyadagi mezonlar bo‘yicha ancha badavlat kishi. U taxminan 6—7 million yevroga teng mol-mulkka egalik qiladi. Siyosatga kirib kelguniga qadar u biznes bilan shug‘ullangan va ikkita kompaniya egasi bo‘lgan.
Логин:
Пароль: