Главная » Yangiliklar » Smartfonlar salomatlik uchun xavfli deb tan olindi
Smartfonlar salomatlik uchun xavfli deb tan olindi

Smartfonlar salomatlik uchun xavfli deb tan olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Smartfonlar salomatlik uchun xavfli deb tan olindi
  • Дата релиза: 19-12-17, 22:20
Smartfonlar salomatlik uchun xavfli deb tan olindi
Kaliforniya sog‘liqni saqlash departamenti uxlayotgan odamning yonida qoldirilgan smartfonlar salomatlik uchun qanday xavflarni keltirib chiqarishi haqida ma’ruza chop etdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Gadjetlardan chiqadigan elektromagnit nurlanish saraton va bepushtlik xavfini oshirishi haqida tobora ko‘proq dalillar paydo bo‘lmoqda, deyiladi maqolada.

Ta’kidlanishicha, smartfonlar va turli kasalliklar o‘rtasidagi aloqa yaqqol aniqlanmagan bo‘lsa-da, mavjud ma’lumotlar foydalanuvchilarni, ayniqsa bolalarni gadjetlarning potensial xavfi haqida ogohlantirish uchun yetarlidir. Mutaxassislar tavsiya qilishicha, qo‘llanilmayotgan smartfon odamdan bir yoki bir necha metr uzoqlikda turishi kerak.

Shuningdek, maqolada qayd etilishicha, gadjetlardan foydalanish o‘smirlar uyqusiga, ularning ruhiy salomatligiga zarar yetkazishi va diqqat konsentratsiyasi buzilishiga olib kelishi mumkin. Ammo qurilmalar chiqaradigan radiochastotali nurlanish ham xavf tug‘dirishi mumkin. Nurlanish qurilmalarni cho‘ntaklarida olib yuradigan erkaklarning spermalari sifatiga ta’sir qilishi mumkin, deyiladi ma’ruzada. Mutaxassislar uyqu chog‘ida smartfonlarni yostiq tagida yoki karavot yonidagi tumbochka ustida qoldirmaslikni maslahat beradi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: