Главная » Yangiliklar » SO`Z ROSOMAXAGA
SO`Z ROSOMAXAGA

SO`Z ROSOMAXAGA

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: SO`Z ROSOMAXAGA
  • Дата релиза: 02-11-17, 12:43
SO`Z ROSOMAXAGA
Avstriyalik aktyor Xyu Maykl Jekman 1968 yili Sidneyda tug`ilgan. Uni ko`pchilik «G`aroyib odamlar» («Lyudi Iks») filmidagi superqahramon — Rosomaxa roli orqali taniydi. 2013 yilda «Oltin globus» mukofotiga sazovor bo`lgan, qolaversa ko`plab nufuzli mukofotlar laureati.

1. «Ayol kishi doim haq! Ko`p yillik baxtli turmush siri ana shunda. Tortishishga hojat yo`q, ishoning u haq».

2. «Menga omad kulib boqdi. O`zim sevgan ish uchun etarli miqdorda haq olaman».

3. «Doim raqsga tushishni yoqtirganman. O`ylashimcha, bu eng yaxshi jismoniy tarbiya. Jazni yaxshi ko`raman. Ayolim bilan ko`pincha «salsa» raqsini ijro etamiz».

4. «Mashhurlikka qarshi «immunitet»imning siri juda oddiy. Birinchidan hech qachon ofisiant bo`lib ishlagan kezlarimni, nechta stolga xizmat ko`rsatganimni esdan chiqarmayman. Ikkinchidan mashhurlik menga juda kech keldi. Shu xotiralar oyog`im erdan uzilmasligiga xizmat qiladi».

5. «Uch yil davomida bolalar bayramida masxarabozlik qilib pul topganman».

6. «Hech qachon o`z oldimga maqsadlar qo`ymaganman. Amerika madaniyati oldiga aniq maqsad qo`yish va unga erishishga asoslangan. Ammo men avstraliyalikman, maqsadlar bizni chegaralaydi».

7. «Gollivud bu kattalar uchun Disneylenddir».

8. «Yaxshilik va yomonlik — mavhum tushuncha». Hayvonlarda (va ba`zi insonlarda) yomonlik va yaxshilik tushunchasi yo`q. Bu so`zlar boshqa aniq so`zlar: foyda va zarar bilan almashib qolgan».

9. «Suratga olish jarayonida ko`p vaqtimni otlar bilan o`tkazganim uchunmi, yaxshi ota bo`ldim, deb hisoblayman. Bu tushunarsiz tuyulayaptimi, shunchaki otlar bilan qancha muloqotga kirishsangiz, shuncha ko`p bolalar haqida ma`lumotga ega bo`larkansiz».
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: