Главная » Yangiliklar » SO`Z SIZGA – BULLOK XONIM
SO`Z SIZGA – BULLOK XONIM

SO`Z SIZGA – BULLOK XONIM

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: SO`Z SIZGA – BULLOK XONIM
  • Дата релиза: 28-09-17, 08:42
SO`Z SIZGA – BULLOK XONIM
Amerikalik aktrisa, «Ko`rinmas qism» filmdagi roli uchun «Oskar» va «Oltin Globus» sovrindori, bir qancha nufuzli mukofotlar egasi Sandra Bullok 1964 yilI Vashingtonda dunyoga kelgan.

1. «Men har qanday qiyin vaziyatda o`zimga «agar bu ishing o`xshasa, sen o`zgacha bir yangilikning bir qismiga aylanasan» deyman».

2. «Mening qo`llarim shunchalik katta va qo`polki, bunday qo`llar bilan kartoshka kavlash kerak deb o`ylayman».

3. «Kiyim xarid qilayotganimda u menga bir qo`rishimdayoq yoqishi kerak, aks holda men uni bir martadan ortiq kiymayman».

4. «Men optimistman va bilamanki qora chiziqlar ortidan, albatta, oq chiziqlar paydo bo`ladi.»

5. «Qahva ichish odatini tashladim. Bu men uchun sevgan insonimdan voz kechishdan ham qiyin bo`ldi».

6. «Ayni dam yuragim egasi 6 yoshli asrab olingan o`g`lim Luisdir. Har tong farzandim borligidan, uning qanday ulg`ayotganini ko`rish baxti nasib qilganidan quvonaman».

7. «Bolalagim juda baxtli o`tgan, otam xarbiy, onam esa opera kuychisi bo`lganlar. Ko`p vaqtim teatrda onam yonida o`tardi. Opam ikkimizga «amerikacha tarbiya» ya`ni: sizlar qirolichasizlar, asosiy maqsadingiz turmushga chiqib, oila qurish, farzand tarbiyalash deb uqtirishmagan. Ota- onam hayotdagi asosiy narsa bu o`ziga xoslik, derdi. Biz deyarli televizor ko`rmaganmiz, sariq matbuotni o`qimas edik. Xonamizda gollivud aktrisalari rasmi emas Rudolf Nureev va Mixail Barishnikov suratlari osig`liq turardi».

8. «Mening xobbiyim uy sotib olish, uni ta`mirlash, o`zgartirish. Agar kinoda o`ynamaganimda, o`zimni arxitekturaga bag`ishlagan bo`lar edim».

9. «Gravitasiya» filmida tasvirga tushayotganimda o`g`lim Lui uchun suratga olish pavilonida kichik bolalar maydonchasi qurdirishni talab qilganman. Chunki o`g`limni xavfsiz joyda ekanligini ko`rib turishim kerak edi».

10. «Bu dunyoda vizajistlar bor ekan, go`zalligim xaqida qayg`urmayman».

11. «Bola asrab olish – senda etarli narsani boshqalar bilan bo`lishishga urinishdir. Ma`lum bir yoshga etganingda qachondir bu dunyoni tark etishing haqida o`ylar paydo bo`ladi. Ana shunda o`zingdan keyin nima qoldirasan, dunyo bilan nimani bo`lishasan kabi xayollar qiynarkan seni».
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: