Главная » Yangiliklar » So‘mda sotiladigan, lekin dollarga “bog‘langan” mashinalar. GM Uzbekistan narxlarni oshirdi va ular yana oshishi mumkin
So‘mda sotiladigan, lekin dollarga “bog‘langan” mashinalar. GM Uzbekistan narxlarni oshirdi va ular yana oshishi mumkin

So‘mda sotiladigan, lekin dollarga “bog‘langan” mashinalar. GM Uzbekistan narxlarni oshirdi va ular yana oshishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: So‘mda sotiladigan, lekin dollarga “bog‘langan” mashinalar. GM Uzbekistan narxlarni oshirdi va ular yana oshishi mumkin
  • Дата релиза: 02-06-17, 00:27
So‘mda sotiladigan, lekin dollarga “bog‘langan” mashinalar. GM Uzbekistan narxlarni oshirdi va ular yana oshishi mumkin
1-iyun kuni tushgacha GM Uzbekistan kompaniyasi rasmiylari bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi, “O‘zavtosanoat” matbuot xizmatida aytarli (eng muhimi — kerakli) ma’lumot yo‘q; viloyatlardagi avtosalonlar esa Chevrolet’larning narxi oshganini tasdiqladi.

GM Uzbekistan avtomobillari endi faqat so‘mda sotiladi, lekin narxlar dollarga “bog‘langan”. 1-iyungacha avtozavod mashinalarining bir qismi so‘mda, bir qismi esa xorijiy plastik kartadagi valyuta (AQSh dollari) evaziga sotilar edi. Shu sababli ham, 1-iyundan kamida xorijiy valyutaga sotilgan avtomobillarning narxi o‘zgarishi taxmin qilinayotgan, shu munosabat bilan kompaniya yangi narxlarni e’lon qilishi kutilayotgan edi. Mazkur maqola tayyorlanayotgan vaqtda GM Uzbekistan’ning hech bir rasmiy sahifasida yangi narxlar e’lon qilinmagan edi. Yangi prayslar ijtimoiy tarmoqlar va Telegram’dagi ommaviy guruhlarda paydo bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan prayslarda avtomobillarning narxi AQSh dollarining O‘zbekiston Markaziy banki kursiga “bog‘langani”ni ko‘rish mumkin. Masalan, praysda Captiva’ning “dollardagi narxi” 54 594 dollar etib ko‘rsatilgan — bu kamida bir yil o‘zgarmaydigan qiymat. Dollarda ko‘rsatilgan bu narx Markaziy bank kursiga chaqilsa, avtomobilning 1-iyun holatiga ko‘ra so‘mdagi narxi 209 million 986 ming 540 so‘m bo‘ladi. 6-iyun, seshanba kunidan so‘mdagi narx yana oshishi mumkin — O‘zbekiston Markaziy banki har seshanba kuni xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgilaydi va yaqin yillarda dollarning so‘mga nisbatan kursi qadrsizlangani kuzatilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan praysning haqiqiyligini hozircha na GM Uzbekistan va na “O‘zavtosanoat” tasdiqladi. Shunga qaramay, viloyatlardagi avtosalonlarga yangi narxlar tarqatilgan. “Narxlar o‘rtacha 25—30 foizga oshgan. Dollarning rasmiy kursi o‘zgarishiga qarab, avtomobillarning narxi ham har hafta o‘zgarib turadi”, — deya tasdiqladi Andijon viloyatidagi eng katta avtosalonlardan birining vakili. “Eng arzon Spark’ning narxi endi 57 million 214 ming so‘m”, — dedi Andijon shahridagi avtosalonlardan birining menejeri.

To‘ldirish: GM Uzbekistan saytida kompaniya avtomobillarining yangi narxlari e’lon qilindi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: