Главная » Yangiliklar » Sog`liqni saqlash vaziri “suyunchi”ni hayriyaga yo`naltirishni tavsiya qildi
Sog`liqni saqlash vaziri “suyunchi”ni hayriyaga yo`naltirishni tavsiya qildi

Sog`liqni saqlash vaziri “suyunchi”ni hayriyaga yo`naltirishni tavsiya qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Sog`liqni saqlash vaziri “suyunchi”ni hayriyaga yo`naltirishni tavsiya qildi
  • Дата релиза: 09-02-17, 19:46
Sog`liqni saqlash vaziri “suyunchi”ni hayriyaga yo`naltirishni tavsiya qildi
Kuni kecha O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tug`ruqxonalardagi poraxo`rlik va ochiqchasiga pul olish avj olgani haqida o`zining tanqidiy fikrlarini bildirgani haqida xabar bergandik.

Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`ldi.

8 fevral kuni O`zEOAVMA O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri Adham Ikromov bilan “Ochiq muloqot” bo`lib o`tdi. Unda jurnalistlar tomonidan Sharqda urf bo`lgan farzand tug`ilganida doyalarga beriladigan suyunchi puli borasida savol bilan murojaat qilindi.

Vazir jurnalistlarning mazkur savoliga javobi quyidagicha bo`ldi:

“Tibbiyot xodimining bemordan yoki unga murojaat qilgan insondan pul olishi hech qaysi me`yorlarga to`g`ri kelmaydigan holat. Suyunchiga haqida gapiradigan bo`lsak, uni berishni ko`ngliga tukkan inson “Muruvvat” va “Saxovat” uylarining vasiylik kengashlariga murojaat qilishlari mumkin. Ushbu muassasalarning har qanday summani o`tkazsa bo`ladigan hisob-raqamlari bor. Shu bilan birga odamlar haqiqattan muhtojlarga yordamlari tegishi mumkin”, - deya ta`kidladi Adham Ikromov.

Sog`liqni saqlash vaziri ushbu tizimda amalga oshirilishi kerak bo`lgan juda ko`p ishlar borligini, ammo poraxo`rlik hech qanaqasiga oqlanmasligini aytib o`tdi, bu hoh bemorning o`z hohishi bilan beradigan puli, hoh shifokor tomonidan amalga oshirilgan ta`magirlik bo`lsin.

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev 7 fevral sog`liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazib, yig`ilish davomida vazirlik rahbarlariga tug`ruqxonalardagi ahvolni yaxshilash bo`yicha alohida topshiriq berar ekan tug`ruq komplekslarida ochiqchasiga poraxo`rlik avj olgani va bu holat odatiy holga aylanganini ta`kidladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: