Главная » Yangiliklar » ​SPARK HAYDOVChISI IKKI NAFAR AYoLNING UMRIGA ZOMIN BO`LDI
​SPARK HAYDOVChISI IKKI NAFAR AYoLNING UMRIGA ZOMIN BO`LDI

​SPARK HAYDOVChISI IKKI NAFAR AYoLNING UMRIGA ZOMIN BO`LDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​SPARK HAYDOVChISI IKKI NAFAR AYoLNING UMRIGA ZOMIN BO`LDI
  • Дата релиза: 03-10-17, 21:23
​SPARK HAYDOVChISI IKKI NAFAR AYoLNING UMRIGA ZOMIN BO`LDI
2017 yil 29 sentyabr kuni soat 19:20 larda, Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent irrigasiya va meliorasiya instituti yotoqxonasi qarshisida, haydovchi - 1988 yilda tug`ilgan erkak kishi, “Spark” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, ikki nafar piyodalarni urib yubordi.

Buning oqibatida piyodalar qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtomashinasiga urilgan, 1995 va 1987 yilda tug`ilgan ikki nafar ayol Toshkent tibbiyot akademiyasida vafot etishdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o`limiga sabab bo`lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: