Главная » Yangiliklar » «SUDGA BORMADIM, ENDI NIMA BO`LADI?»
«SUDGA BORMADIM, ENDI NIMA BO`LADI?»

«SUDGA BORMADIM, ENDI NIMA BO`LADI?»

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: «SUDGA BORMADIM, ENDI NIMA BO`LADI?»
  • Дата релиза: 03-10-17, 21:47
«SUDGA BORMADIM, ENDI NIMA BO`LADI?»
—Erim ajrashish uchun sudga ariza bergan. Sudda ish ko`riladigan kun men bormadim. Endi esa havotirdaman. Mensiz ham ajrim masalasini hal qilishlari mumkinmi? Buning ustiga farzandimning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi ham otasida. U esa hujjatni berishni istamayapti.

Zulxumor Alieva, Toshkent shahri

Advokat Nafisa Ibragimova: — Fuqarolik sudi tomonidan nikohdan ajratish masalasi ko`rilayotgan paytda sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko`ra bormaganligingiz tasdiqlansa, sud da`vogarning talabi bo`yicha ham ishni ko`rib chiqishi mumkin. Farzandingizning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasiga kelsak, turmush o`rtog`ingiz ixtiyoriy ravishda uni bermasa, sud orqali talab qilishga haqlisiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: