Главная » Yangiliklar » “Super kelinchak” Diananing ayni damdagi hayoti haqidagi savolga ​Saida Rametova javob berdi
“Super kelinchak” Diananing ayni damdagi hayoti haqidagi savolga ​Saida Rametova javob berdi

“Super kelinchak” Diananing ayni damdagi hayoti haqidagi savolga ​Saida Rametova javob berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “Super kelinchak” Diananing ayni damdagi hayoti haqidagi savolga ​Saida Rametova javob berdi
  • Дата релиза: 07-04-17, 17:01
“Super kelinchak” Diananing ayni damdagi hayoti haqidagi savolga ​Saida Rametova javob berdi
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Saida Rametova jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda “Super kelinchak” filmida bosh rolni ijro etgan aktrisa Diana Yagafarova haqida gapirdi.

Internet foydalanuvchilaridan biri “Super kelinchak” filmi yaxshi ishlangan, ammo Diana tufayli uning mavqei tushib ketdi, degan fikrni bildirdi. Mazkur fikrga Saida Rametova quyidagicha munosabat bildirdi:

— Yo`q, “Super kelinchak”ning mavqei tushib ketgani yo`q. Men bir narsaga qoyil qolaman, tomoshabin judayam kechirimli. Haligacha tomosha qilishadi. Disklari haligacha sotiladi. Dianani ham yaxshi eslashadi.

“Keliningiz Dianani oxirgi marta qachon ko`rdingiz?” degan savolga esa aktrisa quyidagicha javob berdi:

“Diana bilan suhbatlashganimga bir yilcha bo`ldi. Uni ko`rdim, o`sha-o`sha chiroyli. U hozirda oilali, farzandi bor, baxtli, hayotidan mamnun. Menimcha, ehtimol yana san`atga qaytish niyati bor. Men uning san`atga qaytishini xohlagan bo`lardim”.

Ma`lumot uchun, 27 yoshli Diana Yagofarova “Zirapcha”, “Tashlandiq”, “Ichkuyov”, “Super kelinchak” kabi filmlardagi ijrosi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: