Главная » Yangiliklar » Ta`lim krediti. Uni qanday olish mumkin?
Ta`lim krediti. Uni qanday olish mumkin?

Ta`lim krediti. Uni qanday olish mumkin?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ta`lim krediti. Uni qanday olish mumkin?
  • Дата релиза: 16-07-18, 21:03
Ta`lim krediti. Uni qanday olish mumkin?
— O`qishga hujjat topshirdim. Agar kontrakt asosida o`qishga kirsam, uni to`lashga qurbim etmaydi. Ta`lim krediti chiqqan emish. Uni qanday olsa bo`ladi, qachon qaytarish kerak shu haqda ma`lumot bersangiz?

Mazkur masala Oliy o`quv yurtlarida to`lov-kontrakt asosida o`qish uchun ta`lim kreditlari berish to`g`risidagi nizom bilan tartibga solinadi.

Nizomga muvofiq ta`lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta`lim muassasalarining kunduzgi bo`limlariga to`lov-kontrakt asosida qabul qilingan O`zbekiston fuqarosi bo`lgan talabalarning o`qishi uchun talabalarning o`zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.

Ta`lim kreditlari, oliy ta`lim muassasalarida o`qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o`qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o`qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgachabo`lgan muddatga beriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o`tash davri bu muddatga kirmaydi.

Tijorat banklari tomonidan berilgan ta`lim kreditlari bo`yicha:

chin etimlarga, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga — nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
talabalarning qolgan toifalariga — O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo`lmagan o`zgaruvchi foiz stavkalari (bu yil uchun 14 foiz) belgilanadi.

Ta`lim kreditlari bo`yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo`shiladigan foizlar uchun to`lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o`zgarishiga qarab o`zgarishi mumkin.

Bunda kam ta`minlangan oilalardan bo`lgan talabalar uchun kredit bo`yicha qo`shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg`armasi mablag`laridan to`lanadi. Kam ta`minlangan oilalar toifasi mahalla fuqarolar yig`inlari tomonidan aniqlanadi.

Ta`lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to`lash ta`lim muassasasiga o`tkazilgan summa berilgan vaqtdan, asosiy qarzni qaytarish esa talaba tomonidan oliy ta`lim muassasasida o`qishning ta`limning ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan keyin uch oy o`tgach boshlanadi.

Ta`lim kreditlari qarz oluvchi yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan beriladi.

Ta`lim kreditini olish uchun qarz oluvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ta`lim krediti berish to`g`risidagi ariza;
talaba va oliy ta`lim muassasasi o`rtasidagi to`lov-kontrakt asosida o`qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o`qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to`lov miqdori ko`rsatilgan bo`lishi lozim. O`qish uchun to`lov miqdori keyingi yillarda o`zgargan hollarda kontraktlarga tegishli o`zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy ta`lim muassasasi o`n kun muddatda bankka yozma ravishda ma`lum qiladi, so`ngra qarz oluvchi, bank va oliy ta`lim muassasi o`rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o`zgartirishlar kiritiladi;
fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qarz oluvchining yashash joyi to`g`risida berilgan ma`lumotnoma:
kreditni qaytarishning ta`minlanishi to`g`risida hujjat;
imtiyozli ta`lim kreditlari olish huquqiga ega bo`lgan chin etimlar, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta`minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko`rsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko`chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.

Olingan kredit qaytarilmasligi xavfini oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta`minlash shakllaridan birini bankka taqdim etish lozim, uning amalga oshirilishi unga qo`yilgan asosiy talab hisoblanadi:

mol-mulk yoki qimmatli qog`ozlarni garovga qo`yish;
bankning kafolati;
uchinchi shaxsning kafilligi;
sug`urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi;
fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin etimlar va «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta`minlangan oilalardan chiqqanlar uchun).

Agar taqdim etilgan hujjatlar bank talablariga javob bersa, bank, qarz oluvchi va oliy ta`lim muassasasi o`rtasida kredit shartnomasi tuziladi.

Ta`lim kreditlari bo`yicha mablag`lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o`qish uchun yillik to`lovning to`liq miqdorini ikki teng qismga bo`lish yo`li bilan o`tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o`qiganlik uchun boshlang`ich to`lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun — navbatdagi kalendar yilning 15 martigacha to`lanadi.

O`qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to`lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabr va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to`lanadi.

Agar talaba o`qish davri tugamasdan talabalar safidan o`chirilsa, ta`lim muassasasi rahbariyati rektorning buyrug`i chiqqan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida bu haqda bankka xabar berishi kerak, qarz oluvchi esa o`z navbatida uch oy muddatda ta`lim krediti va unga qo`shilgan foizlar bo`yicha qarzlarni to`liq qaytarishi lozim.

Talabaning talaba safidan chiqarilishi oliy ta`lim muassasasi tomonidan bankka o`z vaqtida ma`lum qilinmagan taqdirda, ta`lim muassasasi ushbu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka to`lashga majbur.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: