Главная » Yangiliklar » Tarmoqlarda iPhone 8’ning fotosi va videosi paydo bo‘ldi
Tarmoqlarda iPhone 8’ning fotosi va videosi paydo bo‘ldi

Tarmoqlarda iPhone 8’ning fotosi va videosi paydo bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tarmoqlarda iPhone 8’ning fotosi va videosi paydo bo‘ldi
  • Дата релиза: 26-06-17, 14:45
Tarmoqlarda iPhone 8’ning fotosi va videosi paydo bo‘ldi
Dizayner Benjamin Geskin iPhone 8 qay ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi borasida bir nechta yangi suratlar va videoni taqdim etdi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Geskin ishlab chiqarish maketi, ekran uchun himoya qatlami hamda iOS uchun muqova tasviridan foydalanib juda chiroyli qurilma yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Geskinning iPhone 8’i avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga mutlaqo mos keladi. Uning ekrani 5,8 dyuymga teng, shuningdek, minimal hoshiya, frontal kamera va datchiklarga ega qilib ishlangan. Qora old yuzasiga iOS’ning so‘nggi versiyasiga tegishli muqova joylashtirilgan, uning ustiga esa himoya qatlami yopishtirilgan.

Taxminlarga ko‘ra, iPhone 8 2014-yilda ishlab chiqarilgan iPhone 6 davridan beri eng katta yangilanish bo‘lishi kutilmoqda. iPhone 8 bilan bir qatorqda iPhone 7s hamda iPhone 7s Plus ham ishlab chiqariladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: