Главная » Yangiliklar » TAShQI IShLAR VAZIRLIGI: ROSSIYaDA YTHGA UChRAGAN AVTOBUSDA 56 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSI BO`LGAN
TAShQI IShLAR VAZIRLIGI: ROSSIYaDA YTHGA UChRAGAN AVTOBUSDA 56 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSI BO`LGAN

TAShQI IShLAR VAZIRLIGI: ROSSIYaDA YTHGA UChRAGAN AVTOBUSDA 56 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSI BO`LGAN

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: TAShQI IShLAR VAZIRLIGI: ROSSIYaDA YTHGA UChRAGAN AVTOBUSDA 56 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSI BO`LGAN
  • Дата релиза: 06-10-17, 21:31
TAShQI IShLAR VAZIRLIGI: ROSSIYaDA YTHGA UChRAGAN AVTOBUSDA 56 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSI BO`LGAN
O`zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi ma`lumotiga ko`ra 2017 yil 6 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan tonggi soat 4 lar atrofida Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida poezd va avtobus ishtirokidagi yo`l-transport hodisasi oqibatida 19 nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi.

Rossiya FVV ma`lumotiga ko`ra avtobusda 58 kishi bo`lib, ulardan 2 nafar haydovchi Qozog`iston fuqarosi, qolgan 56 kishi O`zbekiston fuqarosi.

Vafot etganlar to`g`risidagi ma`lumotni aniqlash va jarohatlanganlarga yordam ko`rsatish uchun O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi Elchisi Bahrom Ashrafxanov boshchiligidagi Elchixona xodimlari guruhi Vladimir viloyatiga jo`natildi.

Mamlakatimiz Hukumati qaroriga ko`ra yordam ko`rsatish va jabrlanganlarni olib ketish uchun Vladimir viloyatiga maxsus samalyot va mutaxassislar yuborilmoqda.

YTH oqibatida halok bo`lgan va jarohatlangan O`zbekiston fuqarolari haqidagi ma`lumot aniqlanmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: