Главная » Yangiliklar » Tatariston prezidentining halok bo‘lgan o‘g‘li xotirasiga bag‘ishlab 3000 nusxa Qur’on chop etildi
Tatariston prezidentining halok bo‘lgan o‘g‘li xotirasiga bag‘ishlab 3000 nusxa Qur’on chop etildi

Tatariston prezidentining halok bo‘lgan o‘g‘li xotirasiga bag‘ishlab 3000 nusxa Qur’on chop etildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tatariston prezidentining halok bo‘lgan o‘g‘li xotirasiga bag‘ishlab 3000 nusxa Qur’on chop etildi
  • Дата релиза: 10-07-14, 00:54
Tatariston prezidentining halok bo‘lgan o‘g‘li xotirasiga bag‘ishlab 3000 nusxa Qur’on chop etildi
Tatariston muftiysi Komil
Samigullin mamlakatning
Musulmonlar markaziy diniy
boshqarmasi (MMDB) raisi, oliy
muftiy — Talgat Tajuddinga
Qozonda chop etilgan
Qur’onning uch ming
nusxasini sovg‘a qildi. Bu
haqda MMDB axborot xizmati
ma’lumotiga tayanib, “RIA
Novosti” xabar qildi.
Qur’onning XIX asrdagi
qo‘lyozma nusxasi. Foto: ria.ru
Qur’on nusxalari Tatariston
prezidentining aviahalokat
natijasida halok bo‘lgan 23
yashar o‘g‘li Irek Minnixanov
xotirasi hamda muqaddas
Ramazon oyi munosabati bilan
chop etildi. Diniy boshqarmada
yodga olinganidek, halokatga
uchragan samolyot bortida
Irekdan tashqari yana 50 kishi
bo‘lgan.
Boshqarmada, shuningdek,
nusxalar 1917-yilgi
inqilobgacha muqaddas
kitoblar nashr qilingan “Kazan
basmasi” (“Qozon bosmasi”)
nomli arabcha shrift bilan
Qozon uslubida prezident
Rustam Minnixanov buyrug‘iga
ko‘ra chop etilgani haqida
aytildi.
Eslatib o‘tamiz, Moskva —
Qozon reysi bilan parvozni
amalga oshirayotgan
Boeing-737 yo‘lovchi
samolyoti 2013-yil 17-noyabr
kuni halokatga uchragan.
Логин:
Пароль: