Главная » Yangiliklar » Tesla kompaniyasi Model S elektrokarining ikkita arzonroq versiyasini taqdim etdi
Tesla kompaniyasi Model S elektrokarining ikkita arzonroq versiyasini taqdim etdi

Tesla kompaniyasi Model S elektrokarining ikkita arzonroq versiyasini taqdim etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tesla kompaniyasi Model S elektrokarining ikkita arzonroq versiyasini taqdim etdi
  • Дата релиза: 12-06-16, 22:36
Tesla kompaniyasi Model S elektrokarining ikkita arzonroq versiyasini taqdim etdi
Tesla avtokonserni Model S elektrokarining ikkita — S 60 va 60D versiyalarini namoyish etdi, deb yozadi “Vedomosti”. Avtomobilga 60 kilovatt-soatlik akkumulyator o‘rnatilgan, mashinaning barcha g‘ildiraklari yetaklovchidir. Model S 60 narxi 66 ming dollar, Model S 60D’niki 71 ming dollarga teng. Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 210 kilometrgacha bo‘lib, akkumulyatorning to‘liq zaryadi 415 kilometrga yetadi. Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Tesla eng arzon elektrokar — Tesla Model 3’ni taqdim etgan edi. Uning narxi 35 ming dollarga teng. Ammo ilk avtomobillar 2017-yildagina sotuvga chiqadi.
Логин:
Пароль: