Главная » Yangiliklar » Test natijalari haqida SMS- xizmatlar xabar bera boshladi
Test natijalari haqida SMS- xizmatlar xabar bera boshladi

Test natijalari haqida SMS- xizmatlar xabar bera boshladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Test natijalari haqida SMS- xizmatlar xabar bera boshladi
  • Дата релиза: 16-08-14, 11:51
Test natijalari haqida SMS- xizmatlar xabar bera boshladi

Click tizimi va 5100 SMS xizmati
 OTMlarga kirish imtihonlari javoblarni 15-avgust, juma kunidan boshlab tarqatishni yo‘lga qo‘ydi. Avvalroq, tizim imtihon natijalari Davlat test markazidan olinganidan so‘ng, avtomatik ravishda SMS tarzida yetkazilishini ma’lum qilgandi. Bu haqda “Kun” nashri xabar berdi.

 Natijalarni bilish uchun Click tizimi
 foydalanuvchisi *880# so‘rovi orqali chaqiriladigan USSD-menyusidan “DTM-2014” bo‘limiga
 kirishi, u yerda esa abituriyentning
 test javoblari varaqasi raqamini kiritishi kerak. Shundan so‘ng tizim, Click foydalanuvchisi hisobidan 1,5 ming so‘m yechib oladi va foydalanuvchiga ko‘rsatilgan javob
 varaqasi bo‘yicha natijalarni taqdim
 etadi (abituriyent talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani, fanlar bo‘yicha testlarda necha ball to‘plagani haqidagi SMS-xabar). Bundan tashqari, 15-avgustdan
 boshlab 5100 SMS xizmati tomonidan ham test natijalari
 to‘g‘risida xabar berila boshlandi. Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi
 ta’lim muassasalariga qabul qilish
 bo‘yicha Davlat komissiyasi oliy
 o‘quv yurtlariga kirish imtihoni
 natijalari 16-avgust, shanba kuni
 soat 9:00 dan boshlab e’lon qilinishini ma’lum qilgandi.

Логин:
Пароль: