Главная » Yangiliklar » ​TESTDAGI NATIJASIDAN QAT`I NAZAR 31 NAFAR ABITURIENT DAVLAT GRANT ASOSIDA O`QIShGA QABUL QILINDI
​TESTDAGI NATIJASIDAN QAT`I NAZAR 31 NAFAR ABITURIENT DAVLAT GRANT ASOSIDA O`QIShGA QABUL QILINDI

​TESTDAGI NATIJASIDAN QAT`I NAZAR 31 NAFAR ABITURIENT DAVLAT GRANT ASOSIDA O`QIShGA QABUL QILINDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​TESTDAGI NATIJASIDAN QAT`I NAZAR 31 NAFAR ABITURIENT DAVLAT GRANT ASOSIDA O`QIShGA QABUL QILINDI
  • Дата релиза: 10-08-17, 14:19
​TESTDAGI NATIJASIDAN QAT`I NAZAR 31 NAFAR ABITURIENT DAVLAT GRANT ASOSIDA O`QIShGA QABUL QILINDI

O`zbekistonning barcha OTMlarda 1 avgust kuni test imtihonlari bo`lib o`tdi. Jami 31 nafar abiturient hali test javobi chiqmasidanoq davlat granti asosida o`qishga kirishga ulgurgan. Bu haqda "Xushnudbek.uz" ga asoslanib, "Daryo" xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, joriy yilda oliy ta`lim muassasalariga 729 947 nafar abiturient hujjat topshirgan, shulardan 7725 nafari muddatli harbiy xizmatni o`tagan harbiy imtiyozga ega abiturientlardir.

Xabarda aytilishicha, testdagi natijasidan qat`i nazar o`qishga davlat granti asosida qabul qilingan abiturietlar fan olimpiadalari g`oliblari yoki «Zulfiya» mukofoti egalari emas. Ular maqsadli qabul asosida o`qishga qabul qilinganlar hisoblanadi.

DTM bergan ma`lumotga ko`ra, joriy yilda o`rtacha tanlov 1 o`ringa 11,0 tani tashkil etdi. Lekin ayrim OTMlardagi tanlov birga bir bo`lgan, ya`ni nechta kvota ajratilgan bo`lsa, shuncha abiturient hujjat topshirgan.

Gap shundaki, joriy yilda nafaqat tibbiyot yo`nalishlari, balki qishloq xo`jaligi sohasida ham maqsadli qabul joriy etilgan. Ammo bu haqida deyarli hech qaerda aytilmagan, hech qaerda e`lon qilinmagan. Natijada ko`pchilik bundan bexabar qolgan. Aholidagi ushbu bexabarlik to`lqini topshirilgan hujjatlar soniga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi.

Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining «Qishloq xo`jaligi va meliorativ texnikalarning texnik servisi» yo`nalishi bo`yicha Xorazm va Farg`ona viloyatlari uchun bittadan davlat grantida o`rin ajratilgan bo`lib, shu yo`nalishga Xorazmdan 1 nafar, Farg`onadan 1 nafar abiturient hujjat topshirgan. Bu degani ushbu ikkala abiturient testda necha ball olishidan qat`i nazar davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi. Chunki ularning boshqa raqobatchisi yo`q.

Xuddi shunday holat Irrigasiya institutining quyidagi yo`nalishlarida ham uchraydi:

Yo`nalish nomi

Kvota soni

Abiturient

soni

1.

Hayotiy faoliyat xavfsizligi (Qoraqalpog`iston Respublikasi)

2

2

2.

Kasb ta`limi: er tuzish va er kadastri (Navoiy)

2

2

3.

Kasb ta`limi: er tuzish va er kadastri (Andijon)

1

1

4.

Kasb ta`limi: qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish

(Qoraqalpog`iston Respublikasi)

1

1

5.

Kasb ta`limi: qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Andijon)

1

1

6.

Iqtisodiyot (suv xo`jaligida) (Andijon)

1

1

7.

Menejment (suv xo`jaligida) (Navoiy)

1

1

8.

Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlari bo`yicha) (Andijon)

1

1

Mazkur OTMda jami 10 ta yo`nalishda kvotalar soni bilan abiturientlar soni teng bo`lgan. Ta`lim rus tilida olib boriladigan quyidagi yo`nalishlarda ham shunday holat kuzatilgan:

Qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Navoiy)

Iqtisodiyot (suv xo`jaligida) (Qoraqalpog`iston Respublikasi)

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish (Qoraqalpog`iston Respublikasi)

Geodeziya, kartografiya va kadastr (suv xo`jaligida) (Qoraqalpog`iston Respublikasi)

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo`jaligida) (Xorazm)

Gidrotexnika qurilishi (suv xo`jaligida) (Qoraqalpog`iston Respublikasi)

Geodeziya, kartografiya va kadastr (suv xo`jaligida) (Navoiy)

Qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Jizzax)

Er tuzish va er kadastri (Farg`ona)

Suv xo`jaligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalashtirish (Qoraqalpog`iston Respublikasi)

Qishloq xo`jaligini mexanizasiyalashtirish (Navoiy)

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo`jaligida) (Navoiy)

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo`jaligida) (Samarqand)

Er tuzish va er kadastri (Sirdaryo)

Suv xo`jaligi va meliorasiya (Sirdaryo)

Shuningdek, Samarqand qishloq xo`jaligi institutining «Zootexnika» (Andijon) va «Kasb ta`limi: qishloq xo`jaligida menejment» (Farg`ona) yo`nalishlarida ham shunday holat mavjud.

Toshkent davlat agrar universitetining «Agrokimyo va agrotuproqshunoslik» yo`nalishida Andijon viloyati uchun davlat granti asosida ajratilgan 1 ta o`ringa ham atigi 1 nafar abiturient hujjat topshirgan.


Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: